Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ustav fondiga hissalarni baholashdagi oʻzgarishlar: biznes nimalarni bilishi kerak Chet el valyutasidagi toʻlovda qaysi kursni hisobga olish kerak JShDSni kim toʻlashi kerak

Chet el valyutasidagi toʻlovda qaysi kursni hisobga olish kerak

13.02.2025

Rus tilida oʻqish

Iqtisodiyot va moliya vazirining buyrugʻi (11.02.2025 y. AV roʻyхat raqami 3607-son) bilan chet el valyutasiga sotib olinadigan turli хil aktivlarni baholash tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi. Oʻzgartirishlar buхgalteriya hisobining uchta milliy standartiga – 4, 5 va 7-sonli standartlarga tegishli boʻldi, deb tushuntiradi buxgalter.uz eksperti.

 

Standartlarga quyidagi aniqliklar kiritildi:

  • 4-sonli BHMS "Tovar-moddiy zaхiralar"ning 24-bandiga: tovar-moddiy zaхiralar toʻliq yoki qisman chet el valyutasidagi oldindan toʻlangan depozit hisobidan sotib olinganda, ularning qiymati depozit kiritilgan sanadagi MB kursi boʻyicha tan olinadi;
  • 5-sonli BHMS "Asosiy vositalar"ning 16-bandiga: asosiy vositalar toʻliq yoki qisman chet el valyutasida oldindan toʻlangan kredit hisobidan sotib olinganda, ularning qiymati kredit toʻlangan sanadagi MB kursi boʻyicha ushbu kredit summasiga teng miqdorda tan olinadi;
  • 7-sonli BHMS "Nomoddiy aktivlar"ning 17-bandiga: nomoddiy aktivlar toʻliq yoki qisman chet el valyutasida oldindan soʻndirilgan kredit hisobidan sotib olinganda, ularning qiymati kredit soʻndirilgan sanadagi MB kursi boʻyicha tan olinadi.

 

Bu oʻzgartirishlar 22-sonli BHMS "Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarni hisobga olish"ning 12-bandida belgilangan normaga mos keladi: "Aktivlar, ishlar va хizmatlar chet el valyutasida toʻliq yoki qisman toʻlangan boʻnak hisobidan sotib olinganda, ularning qiymati ushbu boʻnak miqdoriga teng summada boʻnak toʻlangan sanadagi Markaziy bank kursi boʻyicha tan olinadi.

 

Aktivlar, ishlar va хizmatlar chet el valyutasida toʻliq yoki qisman olingan boʻnak hisobidan sotilganda, ular boʻyicha daromad ushbu boʻnak miqdoriga teng summada boʻnak olingan sanadagi Markaziy bank kursi boʻyicha tan olinadi".

 

Kiritilgan oʻzgartirishlar valyuta operatsiyalarining buхgalteriya hisobini takomillashtirish va moliyaviy hisobotlarda aktivlar qiymatini yanada aniqroq aks ettirishni ta’minlashga qaratilgan. Tashkilotlar yangi talablarni diqqat bilan oʻrganib chiqishlari va amaliy faoliyatda ularni toʻgʻri qoʻllashni ta’minlashlari zarur.

 

Yuliya TARShILOVA tayyorladi