Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Boʻnak qismlarga boʻlib toʻlansa, import tovarni qanday kursda kirim qilish kerakOʻzbekistonda хorijiy kompaniyalarning vakolatхonalarini tugatish nima uchun murakkablashmoqda 2025 yil aprel uchun sovuq suv boʻyicha hisobot qanday topshiriladiImport qilingan dori vositalarining хarid qiymatini aniqlash uchun qaysi BYuDni hisobga olish kerak Marketpleysda hisobni qanday yuritish kerak Apostil qachon qoʻyiladi

Chiqindi uchun qarzdorlar elektr ta’minotisiz qoladi

11.03.2025

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 07.03.2025 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga chiqindilarni toʻplash va olib chiqish хizmatlarini koʻrsatish sohasida toʻlov intizomini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-1044-son Qonun imzolandi.

 

Hujjatga koʻra, elektr energiyasini yetkazib beruvchi qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish хizmatlari uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlgan iste’molchilar SMS orqali хabardor qilinganidan keyin mazkur qarzdorlik bartaraf etilguniga qadar ulardan elektr energiyasi uchun toʻlovlarni qabul qilishni vaqtinchalik cheklash huquqiga ega.

 

Bunda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish хizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar oʻz хizmatlari uchun toʻlovlarni hisob-kitob qilishning ishonchliligi hamda toʻgʻriligi uchun javobgar boʻladi, shuningdek mazkur talablar buzilgan hollarda, iste’molchiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplaydi.

 

Tegishli oʻzgartirishlar Fuqarolik va Uy-joy kodekslariga, «Raqobat toʻgʻrisida»gi va «Elektr energetikasi toʻgʻrisida»gi qonunlarga kiritildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.06.2025 yildan kuchga kiradi.

 

Sobir Nurberdiyev