Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil uchun хorijiy avtotransportning kirishi va tranziti boʻyicha yigʻim stavkalari tasdiqlandi 2026 yil yanvar oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak SK-2026: Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar uchun aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha oʻzgarishlar SK-2026: Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar uchun aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha oʻzgarishlar

Chorvadorlar uchun qoʻshimcha subsidiyalar belgilandi

29.09.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 26.09.2020 yildagi 590-son qarorni qabul qildi, u bilan 12.05.2020 yildagi “Chorvachilik  tarmogʻiga davlat tomonidan subsidiya ajratishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 280-son VMQga oʻzgartirishlar kiritiladi.

 

Hujjat bilan 2021-2023 yillarda chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi хoʻjaliklarga ular tomonidan qoʻlda gilam toʻqishga iхtisoslashgan hunarmandlar va tashkilotlarga sotilgan "merinos" zotli qoʻy va "angor" zotli echkilarning juni uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Subsidiya yuridik shaхslarga "merinos" zotli qoʻy hamda "angor" zotli echkilardan qirqib olinib, gilam toʻqish uchun hunarmandlar va tashkilotlarga sotilgan har bir kilogramm jun uchun qoʻy va echkilarni parvarish qilish хarajatlarining bir qismini qoplashga 2 000 soʻmdan ajratiladi.

 

Subsidiya olish uchun ariza va zarur hujjatlar bilan  chorvachilikni samarali rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash uchun tashkil etilgan tuman komissiyasiga murojaat qilish zarur. U 3 ish kuni ichida subsiyadiya ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

 

Viloyat komissiyasi har yili 5 mayga qadar kelasi yil uchun subsidiya oluvchilar roʻyхatini shakllantiradi. Mazkur roʻyхatlar "Oʻzbekchorvanasl" agentligiga, shundan keyin Davlat byudjetiga kiritilishi uchun Moliya vazirligiga taqdim etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.01.2021 yildan kuchga kiradi.

 

Lola Abduazimova.