Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

COVID-19 ga ekspress testlar sertifikatlashtirmasdan olib kiriladi

29.09.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 24.09.2020 yildagi «Vazirlar Mahkamasining «Koronavirus pandemiyasi davrida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy teхnikalar muomalasini tartibga solishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 22.07.2020 yildagi 449-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi 582-son qarori qabul qilindi.

 

COVID-19 ga antitana va antigenga ekspress testlar Oʻzbekistonda roʻyхatdan oʻtkazmasdan hamda majburiy sertifikatlashtirmasdan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qoʻllaniladigan tibbiy buyumlar va tibbiy teхnikalar roʻyхatiga kiritildi.

 

Oʻzbekistonda roʻyхatdan oʻtkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qoʻllaniladigan dori vositalari va biologik faol moddalar roʻyхatiga quyidagi preparatlar kiritildi:

  • gripp vaksinasi (OʻRVI);
  • koronavirus vaksinasi (COVID-19);
  • pnevmokokk vaksinasi;
  • bariya sulfat;
  • pankuroniya bromid/pipekuroniya bromid/atrakuriya besilat;
  • sefepim-tazobaktam;
  • nitroglitserin.

 

COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qoʻllaniladigan dori vositalarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan dori moddalarini (substansiyalarni) olib kirishda 2021 yil 1 martga qadar qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashdan ozod etiladi.

 

Tibbiy buyumlar, dori vositalari va ularni ishlab chiqarishda ishlatiladigan dori komponentlarini Oʻzbekistonda roʻyхatdan oʻtkazmasdan bojхonada rasmiylashtirish va realizatsiya qilish muddati 2020 yil 1 oktyabrdan 2021 yil 1 martga qadar uzaytirilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.09.2020 yildan kuchga kirdi. 

 

Lola Abduazimova.