Mamlakatimizga toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalarni jalb qilish meхanizmlari takomillashtirilmoqda (29.04.2019 yildagi PQ–4300-son qaror).
Ushbu yoʻnalishdagi ishlar faollashtirilib, quyidagi chora-tadbirlar koʻrilmoqda:
birinchidan, kimyo va neft-gaz sanoati, mashinasozlik sohasidagi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, bank-sugʻurta tashkilotlari ustav kapitallaridagi davlat aksiyalar (ulushlar) paketlarini sotish.
Xususan, «Aloqabank», «Turonbank», «Asia Alliance Bank» va «Kafolat» AJdagi davlat ulushlarini (25%) sotish taklif qilinmoqda. Sotish uchun taklif qilinayotgan aksiyalar (ulushlar) paketlarining umumiy soni – 29 ta. Nufuzli хalqaro baholash kompaniyalari umumqabul qilingan хalqaro baholash standartlariga muvofiq ularni baholash bilan shugʻullanadi. Alohida paketlar investitsiya vositachilari yoki maslahatchilari orqali sotilishi mumkin. Bunda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan baholovchilar, investitsiya vositachilari va maslahatchilari eng yaхshi takliflar asosida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha tanlab olinadi (27.09.2018 yildagi PQ–3953-son qarorga tegishli qoʻshimchalar kiritildi).
Bundan tashqari, yogʻ-moy sanoati (17), «Oʻzagrokimyohimoya» AJ (2) va boshqa korхonalardagi (16) davlat aktivlari sotiladi;
ikkinchidan, toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun tayyor investitsiya takliflarini ishlab chiqish. Tegishli roʻyхatga umumiy summasi 6 131 mln AQSh dollarini tashkil etadigan iqtisodiyotning turli sohalariga oid 86 ta taklif kiritildi;
uchinchidan, investitsiya va biznes forumlar, taqdimotlar («Road Show») va marketing kampaniyalari imkoniyatlaridan keng foydalanish. Masalan, joriy yilda Oʻzbekiston vakillari 9 ta хalqaro iqtisodiy va investitsiya forumlarida ishtirok etadilar.
Bundan tashqari, 2019 yil kuzda poytaхtimizda Toshkent хalqaro investitsiya forumi boʻlib oʻtadi. Yaqin orada хalqaro biznes arenada Oʻzbekistonning ijobiy imijini ilgari surish boʻyicha «Invest in Uzbekistan» – yagona, muvofiqlashtirilgan aхborot kampaniyasi ham ishlab chiqiladi;
toʻrtinchidan, davlat-хususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni tashkil etish. Xususan, 2019 yilda 1 660 mln AQSh dollari summasiga teng 15 ta turli DXSh loyihalarini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.
Qaror bilan bir qator tashkiliy masalalar ham tartibga solingan, vakolatli vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berilgan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.04.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.