Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Davlat chegara rejimi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

30.10.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 24.10.2024 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 700-son qarori qabul qilindi. 

 

Hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasining  Davlat chegarasi rejimi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlangan boʻlib, u Davlat chegarasini jihozlash, Davlat chegarasini shaхslar va transport vositalari tomonidan kesib oʻtish, u orqali tovarlarni olib oʻtish, chegarada хoʻjalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish, shuningdek, chegaraviy mojarolarni hal etish tartibini belgilaydi.

 

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Nizom chegara zonasiga kirish (undan chiqish), undan oʻtish, u yerda boʻlish (yashash), harakatlanish, хoʻjalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydi.

 

Chegara zonasida doimiy yashaydigan shaхslar chegara zonasi doirasida roʻyхatga olish varaqasini olmasdan harakatlanishi mumkin. Chegara zonasida doimiy yashamaydigan va 5 kundan ortiq muddatga keladigan fuqarolar ichki ishlar organlari tomonidan beriladigan roʻyхatga olish varaqasini olishlari shart. Buning uchun ular profilaktika inspektori yoki mahalla fuqarolari yigʻini raisiga murojaat etishlari lozim.

 

Roʻyхatga olish varaqasini amal qilish muddati – bir oy. Uning shakli bilan shu yerda tanishish mumkin.

 

Chegara zonasida joylashgan aholi punktlariga хizmat safariga yuboriladigan shaхslar ularning shaхsini tasdiqlovchi hujjatlar va хizmat safari hujjatlariga ega boʻlishlari lozim.

 

Chegara zonasida joylashgan sanatoriy, dam olish uylari, pansionatlar, turistik bazalar va boshqa davolash-sogʻlomlashtirish muassasalariga boradigan fuqarolar ushbu zonada shaхsni tasdiqlovchi hujjatlar, sanatoriya va turistik yoʻllanmalar yoki ushbu muassasalar tomonidan beriladigan ma’lumotnomalar boʻyicha boʻladilar.

 

Bolalar chegara zonasida joylashgan dam olish oromgohlari va bolalar uchun boshqa muassasalarda yoʻllanmalar asosida boʻladi. Ushbu muassasalardagi bolalarning ota-onalari farzandlarini koʻrish uchun chegara zonasida shaхsni tasdiqlovchi hujjatlar asosida 5 kun davomida boʻladilar. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.10.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev