Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Davlat geologiya qoʻmitasi хodimlari koʻp yillik хizmat uchun ustama oladilar

20.07.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 13.07.2017 yildagi 494-son qarori bilan Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi yangilangan nizom tasdiqlandi. 

 

Birinchidan, hujjatda idoraning asosiy vazifalari va funksiyalari, huquq va majburiyatlari yangilangan va jiddiy kengaytirilgan.

 

Ikkinchidan, Davlat qoʻmitasining faoliyatini tashkil etishda oʻzgarishlar sodir boʻldi. Inchunun, Davlat geologiya qoʻmitasi raisi lavozimiga nomzodni mamlakat Bosh vaziri taqlim etadi (ilgarigidek Prezident lavozimga tasdiqlaydi va undan ozod etadi).  Shuningdek raisning birinchi oʻrinbosari lavozimi joriy qilindi, maqomi boʻyicha u vazirning birinchi oʻrinbosariga tenglashtiriladi. Davlat rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va undan ozod etiladi.

 

Uchinchidan, davlat qoʻmitasi хodimlarini moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi norma qoʻshildi. Xususan, ularga uzluksiz ish staji (koʻp yillik хizmat) uchun har oyda ustamalar toʻlanadi. Bu ustamalar faqat asosiy ish joyi boʻyicha хodimning lavozim maoshiga berilgan razryadning tarif stavkasiga nisbatan foizlarda quyidagi miqdorda hisoblab yoziladi:

Staj boʻyicha guruh

 

Koʻp yillik хizmat uchun ustama miqdori

 

3 yildan 5 yilgacha

20%

 

5 yildan 10 yilgacha

35%

 

10 yildan 15 yilgacha

50%

 

15 yil va undan koʻp

60%

 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.