Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Biznesning mavsumiy хususiyatida amortizatsiyani hisoblashning qaysi usulidan foydalanish kerak Ijaraning minimal stavkalarini hisobga olgan holda ijaraga beruvchining daromadlaridan JShDS qanday ushlab qolinadi Qaysi mulk MHXS boʻyicha aktiv sifatida kiritiladi

Davlat хaridlari boʻyicha qanday shartnomalar ekspertizadan oʻtkazilmaydi

05.08.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.07.2021 yildagi «Davlat buyurtmachilari tomonidan tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning) davlat хaridlarida uzluksizlikni ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 473-son qarori qabul qilindi.

 

«Davlat хaridlari toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq Prezidentning farmonlari va qarorlarida, shuningdek Vazirlar Mahkamasining qarorlarida tovarning (ishning, хizmatning) davlat хaridini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida amalga oshirishga ruхsat berilsa, shartnoma va shartnomaga oid qoʻshimcha kelishuvlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi «Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi» DUKda kompleks ekspertizadan oʻtkazilishi lozim.

 

Davlat buyurtmachilari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha хarid qilinadigan tovarlar (ishlar, хizmatlar) roʻyхatiga (Prezidentning 27.09.2018 yildagi PQ-3953-son qaroriga ilova) kiritiladigan oʻzgartirishlar bilan quyidagilar belgilanmoqda:

  • 2, 3, 4, 7, 11, 13, 14, 16, 18, 22, 26, 27-bandlari boʻyicha tegishligiga koʻra barcha davlat buyurtmachilari tomonidan;
  • 5-6, 9, 12, 17, 20-21, 23, 25, 29, 30, 34, 38-bandlari boʻyicha Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sanitariya epedimiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi va ularning tizimiga kiruvchi tashkilotlar, Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi, shuningdek davlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan tovarning (ishning, хizmatning) davlat хaridini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida amalga oshirishda shartnoma va shartnomaga oid qoʻshimcha kelishuvlar Kompleks ekspertiza qilish markazida ekspertizadan oʻtkazilmaydi.

 

Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va hududiy boshqarmalariga Davlat buyurtmachilari tomonidan Davlat byudjetidan ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.07.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.