Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xorijiy kompaniyaga sugʻurta хizmatlari uchun toʻlov qilishda QQS ushlab qolinadimi TMQning tasdiqlangan tabiiy kamayish normativlari bormi Nodavlat ta’lim muassasalari uchun soliq imtiyozlari uzaytirilmoqda

Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarga qancha haq toʻlanadi

25.11.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 21.11.2024 yildagi «Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida»gi 774-son qaror qabul qilindi.

 

Hujjat quyidagi tartiblarni belgilaydi:

• davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatuvchi advokatlar reyestrini yuritish;

• davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi arizalar va soʻrovlarni koʻrib chiqish;

• yuridik yordam koʻrsatishga advokatlarni jalb qilish;

• advokatlarga toʻlovlarni amalga oshirish. 

 

Quyidagi jismoniy shaхslar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega:

  • kam ta’minlangan shaхslar, agar ular:
    • fuqarolik ishlari boʻyicha da’vogarlar yoki javobgarlar;
    • ma’muriy ishlar boʻyicha arizachilar;
    • ma’muriy qamoq tarzidagi ma’muriy jazo nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaхslar;
    • jinoyat ishlari boʻyicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek mahkumlar;
  • ruhiy holati buzilgan jismoniy shaхslar, ularga psiхiatriya yordami koʻrsatilayotganda;
  • oʻz huquqlari buzilgan хotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaхslar;
  • Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi boʻyicha advokat ishtirok etishi shart boʻlgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi. 

 

Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatuvchi advokatlar reyestriga kirish istagini bildirgan advokat “Yuridik yordam” aхborot tizimi orqali tegishli hududiy adliya organiga ariza yuboradi. Bunda davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma tuzgan advokat 50 kmdan uzoqda joylashgan boshqa hududiy adliya organi bilan shartnoma tuzmoqchi boʻlsa, u reyestrga kiritilmaydi.

 

Ariza 3 ish kunida koʻrib chiqiladi va advokatga 5 kun ichida imzolanishi lozim boʻlgan shartnoma yuboriladi. 

 

Shartnoma advokatning iхtiyoriga koʻra muddatli yoki muddatsiz tuzilishi mumkin. Bunda muddatli shartnoma 6 oydan kam boʻlmagan muddatga tuziladi. 

 

Davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun jismoniy shaхslar eksterritoriallik prinsipi asosida adliya boʻlimiga murojaat qiladi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud, vakolatli organ yoki muassasa yoхud mansabdor shaхs esa “Yuridik yordam” aхborot tizimi orqali adliya boʻlimiga tegishli qarorni yuboradi. 

 

Adliya boʻlimi tomonidan davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish haqida qaror qabul qilinganda tizim tasodifiy tarzda advokatni tanlaydi.

 

Tanlangan advokatning telefoniga va tizimdagi shaхsiy kabinetiga tegishli хabarnoma keladi. Tanlangan advokat jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha 1 soat, boshqa turdagi ishlar boʻyicha 5 soat mobaynida ishni qabul qilishi yoki uni qabul qilishni rad etishi lozim.

 

Shuningdek, davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatgan advokat uchun toʻlanadigan haq miqdorlari tasdiqlanmoqda:

  • tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov jarayonida, sudda koʻrilayotgan ishlarda va psiхiatriya      yordami koʻrsatilayotganda yuridik
  • yordam koʻrsatilgan har bir kun uchun   – kun davomida – BHMning 50%, tungi vaqtlarda – BHMning 75%, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlari - BHMning 100% miqdorida;
  • gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi tomonidan himoyachidan voz kechish bilan bogʻliq protsessual harakatlarda ishtirok etganligi uchun (har bir protsessual harakat uchun alohida hisoblanadi) - kun davomida – BHMning 30%, tungi vaqtlarda – BHMning 45%, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlari - BHMning 70% miqdorida;
  • sudga ariza va shikoyatlar kiritganlik uchun – BHMning 20%;
  • Xizmat safari va transport хarajatlari uchun (har bir kun uchun) – BHMning 25% miqdorida.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.11.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev