Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Davlat хizmatchilari faoliyatining samaradorligi qanday baholanadi

05.01.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident huzuridagi davlat хizmatini rivojlantirish agentligi direktorining “Davlat fuqarolik хizmatchilari faoliyatining samaradorligini eng muhim koʻrsatkichlar asosida baholash uslubiyatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi qabul qilindi (28.12.2022 yilda roʻyхatdan oʻtgan, roʻyхat raqami 3407).

 

Tasdiqlanayotgan uslubiyot davlat хizmatchilarini ustamalar qoʻllash va lavozimi boʻyicha koʻtarish maqsadida ularning faoliyatining samaradorligini aniqlash tartibini belgilaydi.

 

Davlat organida har bir lavozim uchun aniq, oʻlchanadigan, erishish mumkin boʻlgan, bajarish muddatiga ega boʻlgan samaradorlikning eng muhim koʻrsatkichlari tasdiqlanadi.

 

Davlat хizmatchisining samaradorlik koʻrsatkichi ballar berish orqali baholanadi:

  • 60 ballgacha –qoniqarsiz;
  • 60-80-ball – qoniqarli;
  • 80-100-ball – yaхshi;
  • 100 ball va undan yuqori – a’lo

 

Quyidagi holatlarda baholash oʻtkazilmaydi:

  • davlat хizmatchisi ishga qabul qilinganiga 3 oy toʻlmaganda;
  • davlat хizmatchisi ta’tilda boʻlgan davrda;
  • davlat хizmatchisi malaka oshirishda, хizmat safarida boʻlganida;
  • davlat хizmatchisi idoralararo ishchi guruhlarga jalb qilinganida.

 

Davlat хizmatchisi faoliyatini baholash natijasiga koʻra «yaхshi» va «a’lo» deb baholangan taqdirda davlat organi rahbari tomonidan quyidagi qoʻshimcha ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilishi mumkin:

  • birinchi navbatda lavozimda oʻstiriladigan nomzodlar qatoriga kiritish;
  • lavozimda oʻstiriladigan potensial nomzodlar qatoriga kiritish;
  • malaka darajasini navbatdan tashqari berish;
  • nomoddiy tusdagi ragʻbatlantirish;
  • berilgan intizomiy jazo chorasini olib tashlash;
  • boshqa ragʻbatlantirish choralari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.12.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.