Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Davlat ishtirokidagi 31 ta yirik korхonalar isloh qilinadi

03.03.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 01.03.2023 yildagi “Davlat ishtirokidagi korхonalarni isloh qilish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-83-son Qaror imzolandi.

 

Hujjat bilan 2023-2025 yillarda isloh qilinadigan va operatsion samaradorligi oshiriladigan davlat ishtirokidagi 31 ta yirik korхonalar roʻyхati tasdiqlanmoqda.

 

Strategik islohotlar agentligiga “UzAssets” investitsiya kompaniyasi” AJ va qayd etilgan korхonalarda davlat aksiya paketi (ulushi) boʻyicha aksiyador (ishtirokchi) funksiyasini amalga oshirish yuklatilmoqda.

 

Mazkur korхonalar ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari (ulushlari) “UzAssets” investitsiya kompaniyasiga boshqaruvga berilmoqda.

 

“UzAssets” investitsiya kompaniyasi tomonidan unga boshqaruvga berilgan korхonalarning ijroiya organi va kuzatuv kengashi a’zolarini tayinlash hamda sof foydani taqsimlash masalalari yuzasidan qarorlar belgilangan tartibda kelishilgan holda qabul qilinadi

 

Boshqariladigan investitsiya aktivlari oʻrtacha yillik qiymatining kamida 5 % miqdorida oʻz moddiy aktivlariga ega boʻlish toʻgʻrisidagi talab “UzAssets” investitsiya kompaniyasiga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

Sobir Nurberdiyev.