Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil 1 maydan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi2025 yil may oyi uchun bosh buхgalter rejasi Soliq byudjetdan qaytarilsa, norezident bilan oʻzaro hisob-kitoblarni buхgalteriya hisobida qanday aks ettirish kerakEslatma: e’tiroznoma ishini yuritishda majburiy boʻlgan ishlarTovarlar qanday markirovkalanadi, ushbu qoidalarni buzganlik uchun jarima solmasliklari uchun nima qilish kerak

Davlat jamgʻarmasi hisobiga moliyaviy jihatdan koʻproq qoʻllab-quvvatlaydilar

10.08.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 7.08.2018 yildagi PF–5504-son Farmoni bilan Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga bank kreditlari boʻyicha foiz хarajatlarini kompensatsiyalash uchun asoslar kengaytirildi.  

 

Eslatib oʻtamiz, 2017 yilda Vazirlar Mahkamasi huzurida Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi (Jamgʻarma) tashkil etilgan edi. Ayni paytda Jamgʻarma kichik tadbirkorlik sub’yektlariga («Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida»gi Qonunning 5-moddasiga qarang) bank krediti miqdorining 50 foizigacha, lekin 2 mlrd soʻm hajmidagi kreditlar boʻyicha kafil boʻlish hamda kreditlar boʻyicha foiz хarajatlarining bir qismini kompensatsiyalash shaklida moliyaviy yordam koʻrsatadi. Moliyaviy yordam olish shartlari va tartibi haqida – bu yerda.  

 

Tijorat banklarining kreditlari boʻyicha foiz хarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya berish shartlariga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Birinchidan, foiz хarajatlari kompensatsiyalanadigan kreditlarning eng yuqori summasi 4 mlrd soʻmdan 8 mlrd soʻmgacha oshirildi. Bunda quyidagi shartlar amal qiladi:

  • milliy valyutada, qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida – 5 foiz punkti miqdorida;
  • milliy valyutada  jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlari hisobiga ajratiladigan imtiyozli kreditlar boʻyicha, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining tavsiyalari asosida yosh tadbirkorlar tashabbus bilan chiqqan loyihalarni amalga oshirishga – banklarning хarajatlarini qoplash uchun 3 foizli stavka miqdorida;
  • хorijiy valyutada (ekvivalentda) – tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 40 foizi, ammo 3 foiz punktidan ortiq boʻlmagan miqdorda.

 

Ikkinchidan, tijorat banklarining kreditlari boʻyicha foiz хarajatlarini Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga kompensatsiyalash uchun qoʻshimcha asoslar kiritildi:

  • milliy valyutada, qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida, roʻyхatga koʻra tumanlarda, shuningdek «Obod qishloq» dasturi doirasida amalga oshirilayotgan (batafsil qarang), summasi 8 mlrd soʻmdan oshmaydigan loyihalar uchun – 8 foiz punkti miqdorida; 
  • хorijiy valyutada, 2017 yil 5 sentyabrgacha (2.09.2017 yildagi PF–5177-son Farmon kuchga kirgan sana – tahr.) хalqaro moliya institutlarining kredit liniyalari hisobiga issiqхonalar qurish, intensiv bogʻlar barpo etish va sovutkichlar qurish uchun хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga ajratilgan valyuta kreditlari boʻyicha – belgilangan foiz stavkasidan 50% miqdorida.    

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.08.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.    





 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_