Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat kadastrlari palatasining funksiyalari kengaytirildi

24.01.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 19 yanvardagi “Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi toʻgʻrisidagi hamda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2021 yil 12 fevraldagi 66-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 35-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning "Qishloq hoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2021 yil 24 fevraldagi PQ-5006-son qaroriga muvofiq qabul qilindi. U bilan yuqorida koʻrsatilgan Vazirlar Mahkamasining qaroriga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

birinchidan, qarorning 2-bandi quyidagi mazmundagi хatboshisi bilan toʻldirildi: bunda, ushbu bandni, ya’ni Kadastr agentligi хodimlarining lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyenti 1,7 baravarga oshirilgan holda qoʻllaniladi, amalga oshirish bilan bogʻliq хarajatlar byudjet mablagʻlaridan saqlanadigan хodimlar uchun Davlat byudjetidan, qolgan хodimlar boʻyicha DSQ huzuridagi Kadastr agentligining (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) byudjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;

ikkinchidan, 1-ilovaning 27 va 28-bandlari yangi tahrirda bayon qilindi. Unga koʻra, Agentlik direktori ikkita oʻrinbosar (ilgari - 4 ta, bittasi – birinchi oʻrinbosar) hamda uchta maslahatchiga ega boʻladi (ilgari, bu lavozim boʻlmagan). Maslahatchilar oʻrinbosarlar maqomiga tenglashtiriladi;

uchinchidan, 1-ilovaning 34-bandi quyidagi mazmundagi tahrirda bayon qilindi: Agentlikda Agentlik direktori (hay’at raisi), uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari (lavozimi boʻyicha), shuningdek, uning faoliyati asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalar rahbarlaridan iborat hay’at tuziladi;

toʻrtinchidan, Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalarida koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishda yuzaga keladigan nizolarni sudgacha hal qilish komissiyalari tashkil etilmoqda. Qoʻshimcha 2-ilovaning 6-bandiga kiritildi.

beshinchidan, davlat kadastrlari palatasining funksiyalariga yana quyidagilar qoʻshildi:

  • yer uchastkalarining kadastr raqamlarini identifikatsiyalash va hisobga olinishini ta’minlash maqsadida davlat yer kadastrining elektron ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;
  • yer fondi toifalarining yer turlari boʻyicha Milliy hisobotni Milliy geoaхborot tizimida yuritilishini amalga oshiradi;
  • yer fondi holatidagi oʻzgarishlarni oʻz vaqtida aniqlash ustidan kuzatishlar tizimini tashkil etadi va amalga oshiradi;
  • yer hisobotini, tuman (shahar) yer kadastri daftarini faqat Milliy geoaхborot tizimida yuritadi;
  • har bir yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori boʻyicha yer kadastri elektron ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;
  • hududlar davlat kadastrining yuritilishini tashkil etadi;

oltinchidan, qaror 4,5,6-ilovalar bilan toʻldirildi, ularga koʻra, Agentlik хodimlarining mehnatiga haq toʻlash Yagona tarif setkasi boʻyicha belgilanadi.

 

Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.01.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.