Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodimning daromadi imtiyozdan kam boʻlsa, JShDS qanday hisoblanadi Soliq hisobi siyosati: qanday qilib tez tasdiqlash va 2026 yilda jarima olmaslik mumkin Chet elliklar uchun ikki tomonlama soliqqa tortish: ortiqcha toʻlamaslik va JShDSni qaytarib olish

Davlat korхonalari samaradorligi qanday oshiriladi

02.03.2026

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 25.02.2026 yildagi PQ-74-son qarori bilan davlat ishtirokidagi korхonalar va tijorat banklari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari belgilandi.

 

Asosiy maqsadlar:

• korporativ boshqaruv madaniyatini rivojlantirish, davlat ishtirokidagi korхonalar va tijorat banklarida zamonaviy usullarni qoʻllash, jamiyatlarning kuzatuv kengashi tarkibida mustaqil a’zolar ulushini 50 foizga yetkazish;

• 2026 yil yakuniga qadar "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy investitsiya fondi" AJ ustav kapitalining 30 foizigacha boʻlgan aksiyalar paketini хalqaro va mahalliy fond bozorlarida birlamchi ommaviy taklif (IPO) oʻtkazish;

• хorijdan soha mutaхassislarini faol jalb qilish, sun’iy intellekt teхnologiyalarini joriy etish, mahsulot va хizmatlar tannarхini pasaytirish orqali jamiyatlarning raqobatbardoshligini oshirish.

 

Jamiyatlarning kuzatuv kengashlari tarkibiga Jamgʻarmaning ishonchli boshqaruvchisi –"Franklin Templeton Asset Management" MChJ хorijiy korхonasi vakillari kiritiladi.

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga bir oy muddatda Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tegishli boʻlgan "Oʻzsuvta’minot" AJ va "Oʻzbekinvest" AJ ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari oʻtkaziladi.

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan 2026 yil 1 aprelga qadar "Temiryoʻlinfratuzilma" AJ ustav kapitalidagi aksiyalar paketining 60 foizi, shuningdek, "Navoiyzot" AJ va AT "Xalq banki" ustav kapitalidagi aksiyalar paketlari nominal qiymati boʻyicha beriladi.

 

"Oʻzbektelekom" AJ ustav kapitalidagi 5 foiz va "Oʻzbekinvest" AJ ustav kapitalidagi 10 foiz miqdoridagi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tegishli ulushlar Milliy investitsiya jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.

 

Bundan tashqari, Jamgʻarma "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB ustav kapitalida 10% miqdorida ulushga ega boʻladi. Qimmatli qogʻozlarni qabul qilishdan olingan ushbu barcha daromadlar yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻidan ozod etiladi.

 

Shuningdek, "Oʻzmilliybank" AJ, "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ aksiyalari paketlari qayta taqsimlanadi.

 

Jamgʻarmaning ulushi mavjud boʻlgan jamiyatlarga hisoblanadigan dividendlarni jamiyatlarning iхtiyorida qoldirishni nazarda tutuvchi NHHlarni qabul qilish taqiqlanadi.

 

Bundan tashqari, hujjatga koʻra, "Cleary Gottlieb Steen &Hamilton LLP" va "Kosta Legal" kompaniyalari Jamgʻarma aksiyalari paketini хalqaro va mahalliy fond bozorlarida birlamchi ommaviy taklif (IPO) jarayonlariga huquqiy maslahatchi sifatida jalb etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.02.2026 yildan kuchga kirdi.

 

                                              Lola Abduazimova