Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Davlat organlari oʻz faoliyatiga volontyorlarni jalb qiladi

13.04.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 11.04.2022 yildagi “Volontyorlik faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 169-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 2021 yil 4 martdagi “2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-6181-son Farmoniga muvofiq 2022 yil 1 iyundan boshlab quyidagilarni amalga oshirish imkonini beruvchi Oʻzbekiston yoshlar portali negizida yaratilgan volontyorlar elektron platformasini ishga tushirish nazarda tutilgan:

  • volontyorlarning ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlar, loyihalar va aksiyalardagi ishtiroki, shuningdek, davlat organlari faoliyatiga koʻmaklashgan davrini qayd etib borish;
  • volontyorlar guruhiga kiritilgan volontyorlarni hisobga olish;
  • hududlar va faoliyat yoʻnalishi boʻyicha volontyorlik yordamini jalb qilishga qiziqish bildirayotgan davlat organlari roʻyхati hamda ularning tadbirlari, loyihalari va aksiyalarini joylashtirish;
  • davlat organlarining volontyorlar bilan ishlashiga oid metodik tavsiyalarni joylashtirish; 
  • volontyorlik faoliyatini chet elda amalga oshirish.

 

Davlat organlarining vazifalari va funksiyalarini volontyorlik orqali nisbatan samarali va tejamli shaklda amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.

 

Nizom quyidagilarni belgilaydi:

  • volontyorlarni jalb etish tartibi;
  • davlat organlari faoliyatiga jalb etilgan volontyorlarni hisobga olish;
  • volontyorlar ishini tashkil etish;
  • volontyorlar va davlat organining huquq va majburiyatlari;
  • volontyorlar bilan shartnoma tuzish va uni bekor qilish tartibi.

 

Davlat organlari rahbarlari bir oy muddatda mazkur Namunaviy nizom asosida davlat organining vazifalari va funksiyalaridan kelib chiqib, ularni volontyorlik orqali nisbatan samarali va tejamli shaklda amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Bundan tashqari, ularga volontyorlar jalb etiladigan yoʻnalishlar roʻyхatini tasdiqlash topshirildi.

 

Yoshlar ishlari agentligiga byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan har bir hududdagi 5 ta eng yaхshi volontyorlik loyihalarini amalga oshirish uchun har bir loyiha uchun BHMning 200 baravarigacha mikdorda mablagʻ ajratish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.04.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.