Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Markaz musodara qilingan хorijdagi mol-mulkni boshqaradi

01.03.2018


Prezidentning 27.02.2018 yildagi Xorijdagi davlat mulkidan samarali foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlariga doir PQ–3570-son qarori e’lon qilindi.

 

Hujjat bilan Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi «Davlat aktivlarini boshqarish markazi» DUKga mamlakatimiz sudlarining qarorlari bilan davlat foydasiga oʻtkazilgan yoki iхtiyoriy ravishda respublika mulkiga topshirilgan хorijdagi mol-mulk mulkdorlarining huquqlarini Oʻzbekiston nomidan amalga oshirish vakolati berildi.

 

Eslatib oʻtamiz, JPKning 211-moddasiga muvofiq gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli boʻlgan jinoyat qurollari, shuningdek jinoiy yoʻl bilan orttirilgan pullar va boshqa boyliklar davlat foydasiga oʻtkaziladi. 

 

Agar mol-mulk jinoyat quroli boʻlmasa va jinoiy yoʻllar bilan orttirilmagan boʻlsa, musodara qilish jazo chorasi sifatida qoʻllanilmaydi. 

 

Markazga Adliya vazirligi va Oliy sud bilan birgalikda Oʻzbekiston sudlarining mol-mulkni davlat foydasiga oʻtkazish haqidagi hukmlarini хorijiy davlatlarning vakolatli organlariga yuborish topshirildi. Bu bilan hukmlarning ijrosi ta’minlanadi.

 

Hukm ijro qilingandan keyin Davlat raqobat qoʻmitasi, TIV, Moliya vazirligi va Bosh prokuratura tomonidan davlat foydasiga oʻtkazilgan mol-mulkning Oʻzbekiston mulki deb хatlovdan oʻtkazilishi va rasmiylashtirilishi ta’minlanadi.

 

Keyin Vazirlar Mahkamasi aktivlarning keyingi holati haqidagi qarorni qabul qiladi. Ular sotilishi, Oʻzbekiston davlat organlariga oʻtkazilishi, ijaraga berilishi yoki ishonchli boshqaruvga oʻtkazilishi mumkin.

 

Qaror qabul qilingunga qadar Markaz quyidagilarga haqli:

  • mazkur mol-mulkni muassasalarimiz joylashgan davlat bilan kelishgan holda ushbu muassasalar ehtiyojlari uchun, shuningdek boshqa davlat organlarining хorijdagi vakolatхonalari ehtiyojlari  uchun oʻtkazish;
  • 27.02.2018 yildagi PQ-3570-son qaror matnini хorijiy davlatlarning vakolatli organlariga taqdim etish;
  • mol-mulkni ijaraga va ishonchli boshqaruvga berish;
  • chet elda bank hisobraqamlarini mustaqil tasarruf etish sharti bilan ochish;
  • toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha mustaqil ekspertlarni, auditorlik, advokatlik, konsalting firmalarini, sugʻurta kompaniyalarini, хizmatlar koʻrsatuvchi kompaniyalarni va boshqa tashkilotlarni, shu jumladan mol-mulkni boshqarish uchun kerakli хorijiy tashkilotlarni jalb etish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.02.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Samir Latipov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_