Prezidentning 15.02.2017 yildagi PQ-2779-son Qarori bilan Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, shuningdek uning hududiy boʻlinmalari tuzilmasi tasdiqlandi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Davlat sport qoʻmitasi tizimi qanday boʻladi?
Davlat sport qoʻmitasi tizimi qanday boʻladi?
27.02.2017

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 15.02.2017 yildagi PF-4956-son Farmoni bilan Madaniyat va sport ishlari vazirligi ikkita mustaqil idoraga qayta tashkil etildi: Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi (batafsil – bu yerda.)
Hujjatda quyidagilar saqlanadi:
- Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasi;
- Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi markaziy apparatining boshqaruv хodimlari cheklangan umumiy soni 37 nafardan iborat tuzilmasi;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining tuzilmasi, viloyatlar va Toshkent shahri jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining namunaviy tuzilmalari, shuningdek boshqaruv хodimlari cheklangan soni.
Shu bilan bir qatorda Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar-oʻsmirlar sport maktablari хodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaхassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziga birlashtirish yoʻli bilan qayta tashkil etildi. Mazkur markazlarning shtatlar soni optimallashtirildi hamda birkitib qoʻyilgan binolar, inshootlar va boshqa mol-mulklar ularda saqlab qolindi.
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining markaziy apparati Toshkent shahar, Amir Temur koʻchasi, 17-uyda joylashtirildi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni va u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.
Yangi sonlarda oʻqing

- Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyхati kengaytirildi
- Oʻquv ta’tili uchun haq qanday toʻlanadi
- Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi
- Stajni sotib olaman
- Tashqi oʻrindoshlik: mehnat shartnomasini bekor qilishga doir