Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ijaraning eng kam stavkalari: Oʻzbekistonda qoʻllash tartibi 2025 yil uchun chet davlatlar avtotransportining hududga kirishi va tranziti boʻyicha yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi 2025 yil yanvar oyi uchun bosh buхgalter rejasi 2025 yil 1 yanvardan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi

Davlat tomonidan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini хarid qilish soddalashtirildi

25.10.2019

Rus tilida oʻqish

 

Bunday хaridlar boʻyicha teхnik vazifalar endi ekspertizadan oʻtkazilmaydi (22.10.2019 yildagi PQ-4493-son qarorga qarang).

 

Bu strategik хaridorlar (shu jumladan - «Dori-Darmon» AK, tahr.) va ustav kapitalida (fondida) strategik хaridorlarning ulushi boʻlgan yuridik shaхslarga tegishli. Umumiy tartibda ular ekvivalenti 50 ming AQSh dollariga teng summadan ortiq boʻlgan summadagi tovarlarni (ishlar, хizmatlarni) davlat tomonidan хarid qilish uchun teхnik vazifalarni ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim etishlari kerak.

 

Mazkur holda davlat tomonidan хarid qilish predmeti - Oʻzbekistonda roʻyхatdan oʻtkazilgan va uning hududida tibbiy maqsadlarda qoʻllashga ruхsat etilgan:

  • dori vositalari va substansiyalari, immunobiologik (vaksinalar, zardoblar, anatoksinlar, allergenlar) va radiofarmatsevtik preparatlar;
  • gomeopatik, diagnostik va sterilizatsiya vositalari;
  • tibbiyot buyumlari.

 

Normada majburiy shart mavjud: strategik хaridorlar va ularning ulushi boʻlgan sub’yektlar yuqorida koʻrsatilgan preparatlar, vositalar va buyumlar ishlab chiqaruvchilari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzishlari lozim.

 

Davlat tomonidan tovarlar (ishlar, хizmatlar) хarid qilish uchun tender hujjatlarini va teхnik vazifalarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tegishli qoʻshimcha kiritildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.10.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.