Vazirlar Mahkamasining 10.02.2016 yildagi 33-son qarori bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish boʻyicha komissiya (Prezidentning 31.03.2015 yildagi PQ–2327-son Qarori bilan tuzilgan) hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari:
хorijiy investorlarga sotiladigan aksiyalar paketlarini baholash va savdolarga qoʻyish jadvallarining tasdiqlanishini;
AJlarning ustav kapitallaridagi belgilangan muddatlarda sotilmagan davlat ulushlarini keyinchalik tasarruf etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritilishini ta’minlaydilar.
Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda AJlar aksiyalari paketlarini хatlovdan oʻtkazish va baholash uchun zarur boʻlgan kadastr hujjatlarining toʻliq hajmda tayyorlanishini ta’minlaydilar.
Xorijiy investorlarni jalb etishni ta’minlamagan aksiyadorlik jamiyatlari 2016 yil 1 dekabrgacha boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga aylantiriladi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz
Yelena YeRMOXINA
tayyorladi.