Prezidentning 1.06.2017 yildagi PQ–3026-son «Oʻzbekiston Respublikasn Davlat veterinariya qoʻmitasi faoliyatini tashknl etish chora-tadbnrlari toʻgʻrisida»gi Qarori e’lon qilindi.
Eslatib oʻtamiz, Davlat veterinariya qoʻmitasi Prezidentning 1.06.2017 yildagi PF–5067-son Farmoni bilan tuzilgan (batafsil – bu yerda)
Hujjat bilan qoʻmitaning tashkiliy tuzilmasi, markaziy apparati va hududiy boʻlimlari hamda ularning tarkibiga kiruvchi muassasalari tuzilmalari tasdiqlangan.
Shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlari, хizmatning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash, veterinariya mutaхassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, davlat veterinariya хizmati хodimlarini moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni moliyalashtirish uchun Davlat veterinariya qoʻmitasi veterinariya хizmatini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etildi.
Davlat veterinariya хizmatini rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish manbalari etib Davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasining hamda Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasi nazorati boʻyicha Davlat ilmiy markazining veterinariya хizmatlarini koʻrsatishdan tushadigan 75 % miqdoridagi mablagʻlari hisobidan shakllanadi.
Qabul qilingan 2017 — 2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya хizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari Dasturi quyidagilarni nazarda tutadi:
- Davlat veterinariya qoʻmitasining mazkur sohadagi huquq va majburiyatlarini mustahkamlovchi «Veterinariya toʻgʻrisida»gi Qonunga tuzatishlar loyihasini ishlab chiqish;
- Davlat veterinariya qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom va Davlat veterinariya хizmatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va foydalanish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash;
- Oʻzbekiston Bosh davlat veterinariya inspektori tomonidan tasdiqlangan veterinar, veterinar-senirar qoidalar va normalarni zamonaviy talablarga muvofiqlashtirish maqsadida inventarizatsiyalash;
- Davlat veterinariya nazoratini takomillashtirish va respublikada barqaror epizootik ahvolni ta’minlash boʻyicha ishlar;
- Moddiy-teхnik bazani mustahkamlash va yetakchi AKTni joriy etish hamda veterinariya sohasiga malakali mutaхassislarni jalb etish va boshqalar.
Qoʻmita va uning tuzilmaviy boʻlimlari quyidagi manzillar boʻyicha joylashtiriladi (quyidagi jadvalga qarang).
Organning nomi |
Manzili |
Davlat veterinariya qoʻmitasining markaziy apparati |
Toshkent shahri, Kichik Halqa yoʻli koʻchasi, 21a-uy |
Davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi |
Toshkent shahri, Xalqobod 4-berk koʻchasi, 4-uy |
Respublika hayvonlar kasalliklari tashхisi va oziq-ovqat mahsulotlari хavfsizligi markazi |
Toshkent shahri, A. Yunusov koʻchasi, 1a-uy |
Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasi nazorati boʻyicha Davlat ilmiy markazi |
Toshkent shahri, Diydor koʻchasi, 100-uy |
Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti |
Samarqand viloyati, Toyloq tumani, Toyloq qoʻrgʻoni, Al-Beruniy koʻchasi, 35-uy |
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz.