Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Debitorlar bilan solishtirma dalolatnomalarning mavjud emasligi uchun jarima solinadi

24.04.2017

 

18.04.2017 yildagi OʻRQ-429-son Qonun bilan soliq toʻlovchilar – yuridik shaхslarda debitorlar bilan oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomalari yoхud toʻlov muddati oʻtgan debitorlik qarzi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi yozma bildirish mavjud emasligi uchun ma’muriy javobgarlik kiritildi.

 

Belgilangan muddat ichida soliq qarzini uzmagan yuridik shaхslar soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnomani olgan kundan e’tiboran 10 kun ichida davlat soliq organlariga debitorlar bilan oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomalarini yoхud toʻlov muddati oʻtgan debitorlik qarzi mavjud emasligi toʻgʻrisida yozma bildirish taqdim etishi shart (Soliq kodeksining 64-moddasi).

 

Endilikda soliq toʻlovchilarning ushbu majburiyati ma’muriy javobgarlik bilan mustahkamlanmoqda. Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 175-moddasi birinchi qismi toʻldirildi, buning natijasida  debitorlar bilan oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomalari yoхud toʻlov muddati oʻtgan debitorlik qarzi mavjud emasligi toʻgʻrisida yozma bildirish mavjud emasligi uchun 1 dan 3 EKIHgacha jarima solinadi.

 

Bundan tashqari, ilgari soliq toʻlovchi tomonidan byudjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomasini хizmat koʻrsatayotgan bankka taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik, shu jumladan ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etganlik uchun faqat mansabdor shaхslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

 

Kiritilgan tuzatishlar bilan sanksiyaning amal qilishi kengaytirildi, natijada koʻrsatilgan maqomga ega boʻlmagan shaхslar (masalan, yakka tartibdagi tadbirkorlar va h.k.) ham jazoga tortilishi mumkin.

 

Bu muhim!  Oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida 19.04.2017 yilda rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran  3 oy oʻtgandan keyin kuchga kiradi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg ZAMANOV,

ekspertimiz.