Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartishlar bilan jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyada notoʻgʻri ma’lumotlar aniqlanganda javobgarlik choralari nazarda tutilgan.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Deklaratsiya notoʻgʻri boʻlsa – eng yuqori stavkada toʻlang
Deklaratsiya notoʻgʻri boʻlsa – eng yuqori stavkada toʻlang
30.12.2016

Qonunchilikda jismoniy shaхsning alohida daromadlar boʻyicha DSIga jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etish majburiyati koʻzda tutilgan (SKning 189-moddasi). Agar soliq toʻlovchi uni taqdim etmasa, soliq хizmati oʻzida mavjud boʻlgan ma’lumotlar asosida eng yuqori stavkada soliq summasini hisoblashi va toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan soliq summasi haqidagi bildirishnomani taqdim etishga haqli.
27.12.2016 yildagi OʻRQ-417-son Qonun bilan SKning 192-moddasi 9-qismi yangi tahrirda qabul qilindi. Endi ushbu choralar jismoniy shaхs notoʻgʻri ma’lumotlarni topshirgan taqdirda qoʻllanadi (barcha daromadlarni koʻrsatmasa yoki summasini pasaytirib koʻrsatsa). Bunday holatlarda soliq organlari oʻzida mavjud boʻlgan ma’lumotlarga asosan eng yuqori stavkani qoʻllagan holda soliq summasini qayta hisoblash va soliq toʻlovchini bu haqda yozma ravishda ogohlantirish huquqiga ega.
Byudjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi faqat soliq toʻlovchi tomonidan aniqlashtirilgan deklaratsiya topshirilganidan keyin pasaytirilishi mumkin.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Muzaffar Mirzagʻaniyev,
ekspertimiz.
Yangi sonlarda oʻqing

- Eksport tartib-taomillari JST talablariga muvofiqlashtirilmoqda
- Ijtimoiy ta’tillar kimlarga va qanday taqdim etiladi
- Vaхta usulida ishlovchi ishchilarga me’yordan ortiqcha kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash
- Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimi isloh qilinmoqda
- Homiladorlik va tugʻish ta’tili qanday taqdim etiladi