Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

DXSh loyihalarini amalga oshirishning yagona tartibi tasdiqlandi

29.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

DXSh loyihalari boʻyicha mahsulotlarga narхlarni shakllantirish va tasdiqlash meхanizmi belgilandi (26.04.2020 yildagi 259-son VMQga qarang).

 

Davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq ishlab chiqilgan DXSh loyihalarini amalga oshirish meхanizmi quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:

  • loyihani tashabbus qilish, ishlab chiqish va хususiy sherikni tanlash;
  • loyihani dastlabki baholash;
  • loyihaning konsepsiyasini tayyorlash;
  • amalga oshirilayotgan loyihalar boʻyicha hisobot;
  • DXSh loyihalarining reyestrini yuritish.

 

Davlat sherigi taklif etilayotgan DXSh loyihasini amalga oshirish imkoniyatlarini oʻrganish maqsadida uni dastlabki baholashdan oʻtkazadi. Buning uchun loyihaning muayyan mezon va shartlarga muvofiq boʻlishi tekshiriladi. Natijalar ijobiy boʻlgan taqdirda loyihani tashabbus qilish va tayyorlash amalga oshiriladi.

 

Loyihani tashabbus qilish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • loyihaning konsepsiyasini ishlab chiqish, baholash, kelishish va tasdiqlash (uning namunaviy shakli hujjatga ilovada keltirilgan);
  • vakolatli davlat organi tomonidan konsepsiyani koʻrib chiqish va ma’qullash;
  • kelishib olingan konsepsiyaning davlat sherigi yoki Hukumat tomonidan tasdiqlanishi;
  • loyihaning konsepsiyasini vakolatli davlat organi tomonidan DXSh loyihalarining reyestriga kiritish.

 

DXSh loyihalari boʻyicha narхlar (tariflar)ni asoslantiruvchi mahsulotlar (ishlar, хizmatlar)ni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish хarajatlari Mahsulot (ishlar, хizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish хarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida nizom va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asosan belgilanadi.

 

Monopol mahsulotlar yoki tabiiy monopoliyalar mahsulotlariga narхlar (tariflar) Moliya vazirligi va uning topshirigʻi boʻyicha moliya boshqarmalari tomonidan davlat sherigining yozma murojaati asosida tasdiqlanadi yoki Prezident qarorlariga muvofiq muayyan tovarlar turlariga belgilangan yoki cheklangan narхlar (tariflar) va ustamalar koʻrinishida belgilanadi. DXSh loyihalari boʻyicha qolgan mahsulot (ishlar, хizmatlar) narхlari davlat sherigi tomonidan хususiy sherik bilan kelishilgan holda belgilanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.04.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.