Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Din ishlari boʻyicha qoʻmita ishi faollashtiriladi

10.09.2019

Rus tilida oʻqish

 

Muassasaning asosiy vazifalari yangilandi va boshqa idoralar bilan hamkorlik yoʻnalishlari belgilandi (4.09.2019 yildagi PQ-4436-son qarorga qarang).

 

IIV, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi bilan birgalikda jamiyatda vijdon erkinligi kafolatlari va diniy-ma’rifiy muhit barqarorligini ta’minlash boʻyicha mustahkam va doimiy hamkorlik nazarda tutilmoqda. 

 

Quyidagilar hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • din sohasidagi davlat siyosatining asosiy maqsadi, vazifalari va prinsiplarini keng jamoatchilikka, davlat va jamoat tashkilotlari rahbar va хodimlariga tushuntirish, ularning faolligi, tashabbuskorligini oshirish;
  • vijdon erkinligi kafolatlarining buzilishi holatlariga nisbatan tezkor choralar koʻrish;
  • aholining, ayniqsa yosh avlodning diniy va dunyoviy qarashlarini rivojlantirish;
  • OAV, saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan radikal gʻoyalarga qarshi milliy an’ana va qadriyatlarimizning keng targʻib etilishini ta’minlash.

 

Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning vazifalari qatoriga targʻibot va tashviqot ishlarini olib borish hamda dunyoviy davlat tamoyilini amaliy roʻyobga chiqarish, vijdon erkinligi kafolatlarini himoya qilish, shuningdek ziyorat turizmini rivojlantirish, ekstremizm, separatizm va mutaassiblik gʻoyalari ta’siriga tushib qolgan shaхslarni sogʻlom hayotga qaytarish ham kiritildi.

 

Qoʻmita dinning asl insonparvarlik mohiyatini va uning asoslarini targʻib etish maqsadida barcha davlat organlari va NNTlarga bu boradagi faoliyatni amalga oshirishda koʻmaklashadi. Diniy-ijtimoiy jarayonlar hamda diniy bagʻrikenglikni ta’minlash masalalarini oʻrganish natijalari asosida mamlakatimizda ilmiy-tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash, targʻibot va tashviqot tadbirlarini oʻtkazish choralari koʻriladi.

 

Respublika – viloyat – tuman (shahar) – mahalla darajasida davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarining targʻibot guruhlari faoliyatini tashkil etish orqali oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish amaliyoti joriy etiladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlari qoʻmita ishiga koʻmaklashadi hamda bu borada qoʻmita raisiga hisobdor hisoblanadi. Aytib oʻtilgan mansabdor shaхslar Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.    

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.09.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.