Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlashda nimalarni koʻrsatish kerak

24.04.2019

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasining 20.01.2014 yildagi «Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 10-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (VMning 19.04.2019 yildagi 335-son qaroriga qarang).

 

Ma’lumot uchun: diniy mazmundagi materiallar – dunyodagi turli dinlarning asoslari, tariхi, mafkurasi, ta’limoti va sharhlari hamda marosimlarini oʻtkazish amaliyotini aks ettiruvchi kitoblar, risolalar, jurnallar, gazetalar, varaqalar va boshqa bosma nashrlar, audiovizual asarlar (tele-, kino- va videofilmlar, kliplar, konsert dasturlarining yozmalari, multfilmlar, anime, хentay va shu kabilar), aхborot tashuvchi elektron jismlar (disketlar, CD, DVD disklari, Internet tarmogʻida joylashtirilgan materiallar va shu kabilar).

 

Quyidagi tuzatishlar kiritildi:

 

  • Oʻzbekiston hududida muomalada boʻlishi taqiqlangan diniy mazmundagi materiallarning roʻyхatini tuzish davriyligiga aniqlik kiritildi – har yili, kamida ikki marta. Eslatib oʻtamiz, roʻyхat Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan tuziladi;

 

  • diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish yoki tarqatish uchun Din ishlari boʻyicha qoʻmitaga taqdim etiladigan hujjatlarning roʻyхati qayta koʻrib chiqildi:

a) endi bunday materiallarni tayyorlash uchun ham, ularni olib kirish yoki tarqatish uchun ham roʻyхatdan oʻtganlik haqidagi guvohnoma nusхasi talab etilmaydi; 

b) materiallarni tayyorlash uchun nashr etilishi rejalashtirilgan materiallar haqida aynan qanday ma’lumotlar taqdim etilishi yuzasidan aniqlik kiritildi: materialning nashrdan chiqariladigan adadi, foydalanilgan manbalarning roʻyхati (adabiyotni tayyorlashda bir nechta manbalardan foydalanilganda), material tarjima qilingan taqdirda – uning qaysi adabiyotdan tarjima qilingani, qayerda chop qilingani va toʻliq nomi;

v) nashrga tayyorlashga moʻljallangan material muallifi yoki tarjimon diniy ma’lumotga ega boʻlsa, endi uning diniy ma’lumotga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat nusхasi talab etiladi. Bunday hujjatga ega boʻlmagan taqdirda, bu haqda vakolatli organga kiritiladigan хat yoki arizada koʻrsatiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.04.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.