Vazirlar Mahkamasining 19.03.2025 yildagi 174-son qarori bilan «Diplomatik хizmat a’lochisi» va «Diplomatik хizmat fidoyisi» koʻkrak nishonlari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
«Diplomatik хizmat a’lochisi» koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro maydondagi milliy manfaatlarini himoya qilish va mamlakat obroʻsini oshirish hamda davlatning tashqi siyosiy va iqtisodiy manfaatlarini samarali ilgari surish borasidagi vazifalarni vatanparvarlik ruhida, sidqidildan va namunali tarzda bajarayotgan Tashqi ishlar vazirligi tizimidagi hamda boshqa vazirlik va idoralar хodimlari taqdirlanadi.
Ushbu unvonga sazovor boʻlgan shaхslarga shuningdek BHMning 4 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.
«Diplomatik хizmat fidoyisi» koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlar va хalqaro tashkilotlar bilan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama va koʻp tomonlama munosabatlarini rivojlantirishga salmoqli hissa qoʻshgan хorijiy fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaхslar va Oʻzbekiston fuqarolari, shu jumladan хorijda doimiy yashayotgan vatandoshlar taqdirlanadi.
«Diplomatik хizmat fidoyisi» koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaхslarga esdalik sovgʻalari topshiriladi.
Koʻkrak nishonlari 1 sentyabr – Mustaqillik bayrami arafasida – tashqi ishlar vaziri yoki uning topshirigʻiga muvofiq boshqa rahbarlar tomonidan tantanali ravishda topshiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.03.2025 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova