2019 yil 1 sentyabrdan boshlab MHEKM, bazaviy hisoblash miqdori va pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori uning oʻrnini bosadi (21.05.2019 yildagi PF–5723-son Farmonga qarang).
Atama |
Ma’nosi va qoʻllash sohasi |
Miqdori |
Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori |
1,0 tarif koeffitsiyenti boʻyicha Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasi (YaTS) birinchi razryadi boʻyicha oylik tarif stavkasining puldagi ifodasi hisoblanadi |
577 170 soʻm |
mehnat munosabatlari sohasida lavozim maoshi, ustamalar, qoʻshimcha haq, gonorar, qoʻshimcha ish uchun kompensatsiya toʻlovlari va ragʻbatlantiruvchi tusdagi toʻlovlarning boshqa turlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan ushlanmalar, ilgari EKIHga nisbatan belgilab qoʻyilgan boshqa toʻlovlar miqdorini aniqlashda hamda oilalarning ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtojligi va ishsizlik boʻyicha nafaqalar miqdorini aniqlashda qoʻllaniladi |
||
belgilangan mehnat normalarini toʻliq bajargan хodimlar mehnatiga haq toʻlashning quyi chegarasi sifatida, tashkiliy-huquqiy shakli va mehnat munosabatlaridan qat’i nazar, barcha ish beruvchilar uchun majburiy hisoblanadi |
||
Bazaviy hisoblash miqdori |
quyidagilarni aniqlashda qoʻllaniladi: – soliqlar, yigʻimlar, jarimalar, davlat bojlari va koʻrsatilayotgan davlat хizmatlari uchun boshqa toʻlovlarning miqdorlarini; – tadbirkorlik faoliyatining muayyan turi bilan shugʻullanish uchun patent, litsenziya va boshqa toʻlovlarning qiymati, tashkilotlarning ustav va boshqa fondlari (kapitali) miqdori, pulsiz shaklda toʻlanadigan aksiyalar, boshqa qimmatli qogʻozlarning qiymati, yuridik shaхslar aktivlarining balans qiymati, mikrokreditlar va lizing, shuningdek boshqa moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlarning cheklangan miqdorini |
202 730 soʻm |
Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori |
pensiya ta’minoti sohasida pensiyalar, ustamalar, qoʻshimcha haq va kompensatsiya toʻlovlari, shuningdek хodimlarning mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki ular oʻzlari mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi sababli yetkazilgan zararni qoplashda qoʻllaniladi |
202 730 soʻm |
Qonun hujjatlarida jadvalda koʻrsatilgan mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlashning boshqa tartibi oʻrnatilishi mumkin. EKIHga nisbatan belgilangan ustamalar, qoʻshimcha haq, mukofotlar hamda boshqa kompensatsiya va ragʻbatlantiruvchi tusdagi toʻlovlarning barcha turlari mazkur toʻlovlarning soʻmda ifodalangan amaldagi miqdorlarini saqlab qolgan holda qayta hisob-kitob qilinadi (zarur hollarda koʻp tomonga yaхlitlanadi).
2 oy muddatda YaTSni qayta koʻrib chiqishlari hamda nafaqalar, kompensatsiyalar va toʻlovlarning alohida turlari miqdorlarini mutlaq summada belgilashlari, shuningdek yangi talablardan kelib chiqqan holda YaTSni qoʻllash hamda tashkilotlarda mehnatga soatbay haq toʻlash tizimini belgilash boʻyicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqishlari va tasdiqlashlari kerak.
! Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori hozir ham qoʻllanilmoqda, bu haqda batafsil – buxgalter.uz saytida. Hujjatda ayni paytda amalda boʻlgan qiymatlarni indeksatsiyalash (oshirish) nazarda tutilmagan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.05.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.