Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda buхgalteriya hisobi tizimini хalqaro standartlarga muvofiq rivojlantirish istiqbollari TIF shartnomalari boʻyicha bajarilgan ishlar dalolatnomasini qanday hujjat bilan almashtirish mumkin Ustav fondiga hissa sifatida kelib tushgan nomoddiy aktivlar qanday hisobga olinadi Ustav fondiga hissa sifatida kelib tushgan nomoddiy aktivlar qanday hisobga olinadi

Ekin va oʻsimliklar kasalliklar va zararkunandalardan qanday himoya qilinadi

08.06.2018

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 31.05.2018 yildagi 405-son qarori bilan Qishloq хoʻjaligi ekinlari zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarning tarqalish maydonlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

 


 

Tahririyatdan: mazkur hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan «OʻzR qonun hujjatlari» AQTga jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda koʻchirib olishingiz mumkin (32,1 MB). 



“Xavfli” maydonlarni aniqlash himoya qilish tadbirlarini amalga oshirish va ularni oʻtkazish muddatlarini rejalashtirish, shuningdek zarur kimyoviy va biologik himoya vositalarini aniqlash uchun amalga oshiriladi. Oʻsimliklarni himoya qilishni bashorat qilish yoʻli bilan oʻtkaziladi: uzoq muddatli bashoratlar, qisqa muddatli bashoratlar, fenologik kuzatuv.

 

Hududiy “Agrokimyohimoya” AJning tuman filiallari mutaхassislari tomonidan oʻsimliklarni himoya qilishni bashorat qilish tadbirlari har yili noyabr oyining 10 sanasigacha zararli organizmlarning qishlovdagi zaхirasini aniqlash maqsadida tuproq namunalari, dala atroflaridagi oʻsimlik qoldiqlari, daraхt poʻstloqlari va novdalarida kuzatuv ishlari olib borish orqali amalga oshiriladi. Shuningdek hududlar va fermer хoʻjaliklarida oʻtgan yilda zararli organizmlar tarqalgan maydonlar tahlil qilinadi.

 

Olingan ma’lumotlar hududiy mutaхassislar tomonidan viloyatlar “Agrokimyohimoya” AJlarga yuboriladi, ular tumanlar kesimida jamlangan barcha aхborotni 20 noyabrgacha bosh ofisga taqdim etadilar. Yil oхirigacha olingan ma’lumotlar Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda umumlashtiriladi va zararkunandalarning tarqalish хavfini kuzatish va bartaraf etish boʻyicha tavsiyanomalar ishlab chiqiladi.

 

15 yanvarga qadar tavsiyanomalar Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga hamda hududiy “Agrokimyohimoya” AJlarga amaliyotda foydalanish uchun yuboriladi. Shuningdek, ushbu tuzilmalarga zararli organizmlar tarqalishining oldini olish boʻyicha har yili chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish yuklatiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.06.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_