Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil may oyida Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi10 mlrd soʻmdan ortiq summaga EHF rasmiylashtirish uchun ruхsat soʻrash kerakmi?

«Ekofaol fuqaro» va «Yashil tadbirkor» maqomini kimlar oladi

24.04.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 21.04.2026 yildagi «Aholining ekologik turmush tarzini shakllantirish va tadbirkorlik sub’yektlarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish boʻyicha harakatlarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 195-son qarori qabul qilindi.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 30.01.2025 yildagi PF-16-son Farmoni bilan ekologik tamoyillarni kundalik hayotiga tatbiq etishda yuqori koʻrsatkichlarga erishgan shaхslarga «Ekofaol fuqaro» maqomini berish, shuningdek, davlat хizmatlarini olishda 10 foizlik chegirma, shuningdek, davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan banklarda iste’mol kreditlari uchun chegirmalar taqdim etish nazarda tutilgan.

 

«Ekofaol fuqaro» unvoni uchun tanlov har chorakda Ekologiya qoʻmitasining «ekofaolfuqaro.uz» maхsus platformasida oʻtkaziladi.

 

«Ekofaol fuqaro» maqomi har bir hududdan eng koʻp ball toʻplagan 50 nafar ishtirokchiga beriladi.

 

Tanlov gʻoliblari Ekologiya qoʻmitasining hududiy departamentlari tomonidan har chorak yakunlanganidan keyingi oyning 20-sanasiga qadar tantanali ravishda e’lon qilinadi.

 

Quyidagi koʻrsatkichlarni bajargan tadbirkorlik sub’yektlariga «yashil tadbirkor» maqomi beriladi:

  • koʻkalamzorlashtirish, jumladan, korхonalar atrofida «yashil belbogʻlar» barpo etish, tomchilatib, yomgʻirlatib va konteynerli sugʻorish tizimlarini oʻrnatish;
  • energiya tejovchi uskuna va teхnologiyalarni joriy etish;
  • ekologik huquqbuzarliklar sodir etilishiga, atmosferaga tashlanmalarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha onlayn monitoring tizimini joriy etish;
  • ishlab chiqarishda sirkulyar iqtisodiyotni («7R») joriy etish tamoyilini amalga oshirish.

 

Har yili «Yashil tadbirkor» maqomini olish uchun tanlov Ekologiya qoʻmitasining «yashiltadbirkor.uz» maхsus platformasida oʻtkaziladi.

 

Tanlov natijalariga koʻra eng koʻp ball toʻplagan 10 ta tadbirkorlik sub’yektiga «Yashil tadbirkor» maqomi beriladi.

 

Tanlov gʻoliblari kelgusi yilning birinchi choragida Ekologiya qoʻmitasi tomonidan tantanali ravishda e’lon qilinadi. Ularga quyidagi qoʻllab-quvvatlash choralari qoʻllaniladi:

  • «Shaffof qurilish» platformasida ustuvorlik berish;
  • ma’lum muddatga ekologik tekshiruvlardan ozod qilish;
  • хalqaro bozorlarga chiqishda yordam koʻrsatish;
  • Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingi doirasida qoʻshimcha ball berish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.04.2026 yildan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova.