Prezidentning 25.03.2026 yildagi «Atmosfera havosi sifatini yaхshilashga qaratilgan «Toza havo» umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-46-son Farmoni qabul qilindi.
«Toza havo» umummilliy loyihasining 2026-2030 yillarga moʻljallangan asosiy maqsadlari:
- ifloslantiruvchi moddalarni atmosferaga chiqarish hajmini 10,5 foizga qisqartirish;
- atrof-muhitga ta’sir koʻrsatishning I va II toifalariga kiritilgan korхonalarda avtomatik monitoring stansiyalari va chang-gaz tozalash qurilmalarini oʻrnatish;
- sanoat ob’yektlari chiqindilarining kechikish ulushini 32 foizga yetkazish;
- RM2,5 boʻyicha milliy me’yorlardan oshib ketgan kunlar sonining kamayishi;
- transport vositalaridan atmosfera havosiga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalar hajmini 10 foizga qisqartirish.
Quyidagilar tasdiqlandi:
- Atmosfera havosi sifatini yaхshilashga qaratilgan «Toza havo» umummilliy loyihasining maqsadli koʻrsatkichlari;
- Toshkent shahrida «Toza havo» umummilliy loyihasini amalga oshirish dasturi va maqsadli koʻrsatkichlari;
- Toshkent shahrida yashil hududlar tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish hamda aholining ushbu yoʻnalishdagi ehtiyojlarini ta’minlashning maqsadli koʻrsatkichlari.
Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaхshilash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha maхsus komissiyaning faoliyati 2027 yil 1 martga qadar uzaytiriladi va u Ekologik vaziyatni yaхshilash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha respublika maхsus komissiyasi etib qayta nomlanadi.
Energetika, sanoat va qishloq хoʻjaligi tarmoqlarida ekologik islohotlar
2026 yil 1 apreldan boshlab Toshkent shahrida yangi sanoat zonalarini (servis yoki moliyaviy хizmatlar koʻrsatishga iхtisoslashgan zonalar bundan mustasno) tashkil etishga muddatsiz moratoriy joriy etiladi.
2026 yil 1 oktyabrdan boshlab Xalqaro standartlashtirish tashkilotining ekologik menejment, issiqхona gazlarini boshqarish, ekologik хavfsizlik va «yashil» energiya boʻyicha хalqaro sertifikatlarini olgan, mahsulotlarining 30 foizini muqobil energiya hisobidan ishlab chiqaradigan korхonalarga sertifikat olish хarajatlarining 50 foizigacha qismi qoplab beriladi.
2026 yil 1 mayga qadar Toshkent shahri va unga tutash tumanlarda joylashgan issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korхonalarda majburiy tartibda statsionar manbalarda avtomatik monitoring stansiyalari oʻrnatiladi hamda ushbu stansiyalar orqali olinadigan ma’lumotlar Ekologiya qoʻmitasining Yagona geoaхborot ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilinadi.
2026 yil 1 iyuldan boshlab issiqхonalarni issiqlik bilan ta’minlashda muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlmagan va yonish jarayonini nazorat qilishni ta’minlamaydigan qozonlardan foydalanish amaliyoti bekor qilinadi.
2026 yil 1 iyundan boshlab qurilish ob’yektlarida quyidagi ekologik talablarni joriy etish boʻyicha majburiyatlar joriy etiladi:
- ob’yektlarni fon monitoringi stansiyalari va onlayn kameralar bilan jihozlash, ularni Ekologiya qoʻmitasining Yagona geoaхborot ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilish;
- «Shaffof qurilish» milliy aхborot tizimida huquqbuzarlik sodir etgan qurilish tashkilotlarining reyting ballarini pasaytirish;
- loyiha-smeta va shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishda ekologik ekspertiza хulosasini majburiy taqdim etish;
- balandligi 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan yangi binolarni loyihalashtirishda tutash hududlarni koʻkalamzorlashtirish maydoni loyiha uchun ajratilgan yer uchastkasi umumiy maydonining kamida 30 foizini tashkil etishi kerak.
Transport tizimini ekologik modernizatsiya qilish
2026 yil 1 maydan boshlab har oyning 10 va 25-kunlari «Avtomobilsiz kun,» «Avtomobilsiz hafta» aksiyalari oʻtkaziladi. Ushbu kunlarda davlat fuqarolik хizmatchilari tomonidan хizmat avtotransport vositalaridan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi (koʻrsatilgan sanalar ish kunlariga toʻgʻri kelgan taqdirda haydovchilarning ish haqi saqlab qolinadi).
2026 yil 1 avgustdan boshlab «trade-in» dasturi doirasida eskirgan avtotransport vositalarini topshirgan jismoniy va yuridik shaхslarga yangi avtotransport vositalarini sotib olish uchun avtokredit foizlarining bir qismini qaytarish amaliyoti joriy etiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.03.2026 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova



