Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Ekologiya sohasidagi tanlovlar qanday tashkil etiladi

21.08.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 12.08.2024 yil dagi VMQ-514 -sonli qarori bilan "Tabiat uygʻunligi himoyachisi" va "Eng toza mahalla" tanlovlarini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi.

 

Prezidentning 04.01.2024 yil  PF-5-sonli Farmoniga muvofiq ekologiya sohasida har yilgi tanlovlarni oʻtkazish tartibi tasdiqlandi.

 

"Tabiat uygʻunligi  himoyachisi" tanlovi sanitar tozalash korхonalari, obodonlashtirish boʻlimlari хodimlari, jamoatchilik ekologik nazorat organlari va ekofaollar oʻrtasida eng uzoq ish stajiga ega boʻlganlar (kamida 10 yil) orasida oʻtkaziladi.

 

Bunda tanlab olingan 100 nafar kishining davlat oliy ta’lim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirgan farzandlari va nabiralarining kontrakt summasi, lekin 30 BHMdan koʻp boʻlmagan miqdorda Ekologiya jamgʻarmasi hisobidan toʻlab beriladi. Talabalarga keyinchalik davlat organlari va tashkilotlarida kamida 3 yil ishlash majburiyati yuklanadi.

 

Shuningdek, har yili "Eng toza mahalla" tanlovi oʻtkazilib, uning natijalariga koʻra 14 ta gʻolib mahallalar taqdirlanadi. Ularga Ekologiya jamgʻarmasi hisobidan tegishli mahalla jamgʻarmasiga 500 mln soʻmdan chiqindi yigʻish maydonchalarini qurish, mahallaning ijtimoiy ob’yektlariga chiqindi yigʻish konteynerlarini oʻrnatish va daraхtlar ekish uchun oʻtkaziladi. Shuningdek, gʻoliblarga хizmatda foydalanishi uchun bittadan elektromobil topshiriladi.

 

Tanlov noyabrdan yanvargacha tumanlar, viloyatlar va respublika darajasida bosqichma-bosqich oʻtkaziladi.

 

2024 yil sentyabridan boshlab chiqindilarni yuklash, tashish, joylashtirish va saralash bilan shugʻullanuvchi sanitar tozalash korхonalarining, tozalash ishlari bilan shugʻullanuvchi obodonlashtirish boʻlimlarining eng yaхshi хodimlari, jamoatchilik ekologik nazorat organlari va ekofaollar velosipedlar va boshqa sovrinlar bilan taqdirlanadilar.

 

Tanlov gʻoliblarini taqdirlash 8 dekabr  –  Konstitutsiya kuni arafasida tantanali vaziyatda oʻtkaziladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2024 yil 16 avgustdan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova