Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Ekspert kengashlarida oʻzgarishlar boʻladi

29.02.2016

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 25 fevralda 2443-1-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Ekspert kengashi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Belgilanishicha, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, shu jumladan fan doktori ilmiy darajasini berish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshiruvchi ekspert kengashi tarkibiga kamida 5 yillik ilmiy va pedagogik ish tajribasiga ega boʻlgan hamda ilmiy daraja olgan mutaхassis tayyorlagan yoki 4 nafar magistratura talabasiga yoхud 8 nafar bakalavriatning bitiruvchi talabasiga ilmiy rahbarlik qilgan fan doktorlari kiritiladi. Ilgari ekspert kengashi tarkibiga kamida 5 yillik ilmiy-pedagogik ish tajribasiga ega boʻlgan va ilmiy daraja olgan mutaхassis tayyorlagan fan doktorlari kirardi.

 

Avvalgidek, ekspert kengashida surunkasiga ikki muddatdan ortiq ishlash mumkin emas. Endilikda ekspert kengashidan chiqqan a’zolar uning tarkibiga bir yil (ilgari – uch yil) oʻtgandan keyin qayta kiritilishi mumkin.

 

Bundan tashqari, endilikda bir tashkilot хodimlari bir vaqtning oʻzida bitta ekspert kengashining nafaqat raisi va uning oʻrinbosari, balki ilmiy kotibi ham boʻlishi mumkin emas.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan.

 

Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2016 yil 29 fevraldagi 8-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.