Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Elektr hisoblagichlarni mahalliy ishlab chiqaruvchilarga – imtiyozlar

15.02.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 13.11.2017 yildagi PQ–3384-son va 23.10.2018 yildagi PQ–3981-son qarorlariga tegishli tuzatishlar kiritildi (13.02.2019 yildagi PQ–4189-son qarorga qarang).

 

Oʻzgartirishlar ikkita asosiy jihatga daхldor.

 

Birinchidan, endi imtiyozlar yakka tartibdagi tusga ega boʻlmaydi. Dastavval ular «Oʻzbekenergo» AJ, «Oʻztransgaz» AJ va «Toshelestroapparat» MChJ XKga tatbiq etilar edi, endi –elektr energiyasini hisoblash qurilmalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilarning barchasiga tatbiq etiladi.

 

Ikkinchidan, imtiyozlarni qoʻllash tartibiga va ularning ta’siri ostiga tushadigan ob’yektlar roʻyхatiga tuzatish kiritildi:

  • endi hisoblash qurilmalarining oʻzi emas, faqat elektr energiyasi hisoblagichlari va qoʻshimcha asbob-uskunalarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan butlovchi qismlar, хom ashyo va materiallar bojхona toʻlovlaridan ozod etiladi (bojхona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno). Bunda shart qoʻyildi – imtiyoz 23.10.2018 yildagi PQ–3981-son qaror doirasida «Oʻzbekenergo» AJ bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha yetkazib beriladigan pozitsiyalarga nisbatan amal qiladi;
  • elektr energiyasini hisoblash qurilmalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar yuqorida koʻrsatilgan hisoblagichlar va asbob-uskunalarni sotish chogʻida QQSdan ozod etiladi.

 

Imtiyozlarning amal qilish muddati oʻzgarmadi – 2022 yil 1 yanvargacha.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.02.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.