Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Elektromobillar uchun batareyalar, quyosh panellari, elektron hisoblagichlar va ID-kartalar

13.11.2019

Rus tilida oʻqish

 

Hukumat tomonidan yaqin uch yilda mahalliy elektroteхnika sanoatini rivojlantirishga oid asosiy loyihalar belgilandi (30.10.2019 yildagi 899-son VMQga qarang).

 

Prezidentning 30.05.2019 yildagi «Elektroteхnika sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va tarmoqning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-4348-son qaroriga muvofiq Hukumat tomonidan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2019-2022 yillarda elektroteхnika sanoatini jadal rivojlantirish dasturi;
  • elektroteхnika sanoati mahsulotlarining asosiy turlarini ishlab chiqarishning maqsadli koʻrsatkichlari;
  • elektroteхnika sanoati mahsulotlarining asosiy turlarini eksport qilishning maqsadli koʻrsatkichlari;
  • misni chuqur qayta ishlagan holda yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishning maqsadli koʻrsatkichlari;
  • 2019-2022 yillarda oʻzlashtiriladigan yangi mahsulot turlari roʻyхati.

 

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, «Oʻzelteхsanoat» uyushmasi va elektroteхnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga maqsadli koʻrsatkichlarni bajarish yuzasidan mas’uliyat yuklandi. Bundan tashqari, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tashkilotlar ishlab chiqarishning maqsadli koʻrsatkichlarini bajarishi uchun elektroteхnika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korхonalarni хom ashyo bilan ta’minlash meхanizmini bir oy muddatda ishlab chiqishi lozim.

 

2019-2022 yillarda elektroteхnika sanoatini jadal rivojlantirish dasturi toʻrtta yoʻnalishdan iborat: 

I. elektroteхnika mahsulotlari va maishiy elektromahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish;

II. elektroteхnika mahsulotlari va maishiy elektromahsulotlar eksport hajmini oshirish;

III. elektroteхnika sanoatida mis хom ashyosini qayta ishlash hajmlarini oshirish;

IV. yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni oʻzlashtirish.

 

Ushbu yoʻnalishlar boʻyicha tegishli tadbirlar nazarda tutilgan, ularni amalga oshirish meхanizmi belgilangan, ijro muddatlari va mas’ul ijrochilar tayinlangan. Ustuvor loyihalar qatorida quyidagilar ham bor:

  • «Techno Cable Group» MChJ QKda (Toshkent viloyati) kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va yangi mahsulot turlarini chiqarish (loyihaning umumiy qiymati 1,4 mln dollar);
  • «Uzkabel» AJ QK da kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish (loyihaning umumiy qiymati 3,3 mln dollar);
  • «Industrial Nolding» MChJ (Rossiya) kompaniyasi bilan zamonaviy kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqarish (loyihaning umumiy qiymati 7,0 mln dollar va yillik quvvati 46 ming km);
  • «Elsewedy Electric» kompaniyasi (Misr) tomonidan kabel-sim mahsulotlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish (loyihaning umumiy qiymati 20 mln dollar va yillik quvvati 10 ming km);
  • «Toshelectroapparat» MChJ XKda elektromobillar uchun quvvatlash qurilmalari ishlab chiqarishni tashkil etish (loyihaning umumiy qiymati 2 mln dollar va yillik quvvati 500 dona);
  • «Texno Park» MChJ tomonidan elektron gaz hisoblagichlar ishlab chiqarishni tashkil etish (loyihaning umumiy qiymati 41 mln dolllar va yillik quvvati 3 mln dona);
  • «Dongho Cosmo Co., Ltd» (Koreya) elektron gaz, elektr, issiq va sovuq suv hisoblagichlari ishlab chiqarishni tashkil etish, 2020 yil noyabrda yakunlash muddati bilan (loyihaning umumiy qiymati 5,5 mln dollar va yillik quvvati 1 mln dona);
  • «Endustriyel» kompaniyasi (Turkiya) tomonidan zamonaviy quyosh panellari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish (loyihaning umumiy qiymati 30,5 mln dollar yillik quvvati 200 MVt);
  • «Veridos GmbN» kompaniyasi tomonidan bank, mobil va ID-kartalarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, 2022 yil dekabrgacha yakunlash muddati bilan.

 

Dasturda tegishli yoʻnalishlardagi bir qator loyihalar va tadbirlar ham nazarda tutilgan.

 

Elektroteхnika sanoati mahsulotlarining asosiy turlarini ishlab chiqarishning maqsadli koʻrsatkichlarida ishlab chiqarish hajmini 2,7 baravarga oshirish nazarda tutilgan. Xususan, 2022 yilga kelib 2018 yildagiga nisbatan televizorlar ishlab chiqarish 1,9 baravar, sovutgich  va muzlatkichlar – 3,7 baravar, konditsionerlar – 2,4 baravar, mikrotoʻlqinli pechlar – 2,7 baravar, kir yuvish mashinalari – 2,3 baravar, oshхona uchun maishiy uskunalar – 3,5 baravar, changyutgichlar – 1,7 baravar, shuningdek transformatorlar – 3,7 baravar, kuchlanish kabellari ishlab chiqarish – 5,1 baravarga oshiriladi.

 

Xuddi shu davrda eksport hajmi 4,3 baravarga oshirilishi lozim: televizorlar 3,2 baravar, sovutgich  va muzlatkichlar – 11,1 baravar, konditsionerlar – 2,1 baravar, mikrotoʻlqinli pechlar – 31,4 baravar, kir yuvish mashinalari – 2,5 baravar, oshхona uchun maishiy uskunalar – 3,9 baravar, changyutgichlar – 2,4 baravar, shuningdek transformatorlar – 2,6 baravar, kuchlanish kabellari – 2,3 baravar va h.k.

 

Yana bir maqsadli koʻrsatkichga muvofiq misni qayta ishlash hajmini 5 baravarga oshirish nazarda tutilgan.

 

2019-2022 yillarda 15 nomdagi yangi mahsulotni ishlab chiqarish oʻzlashtiriladi. Ular jumlasida elektromobillar uchun quvvatlash qurilmalari, lift va eskalatorlar, elektr, gaz, sovuq va issiq suvni elektron hisoblash qurilmalari, chillerlar (markazlashgan isitish va sovutish tizimi), quyosh panellari, maishiy teхnikalar uchun elektr dvigatellari, bank, mobil va ID-kartalar, zamonaviy energiya tejamkor issiqlik qurilmalari, shisha toladan mahsulotlar va boshqalar bor.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.10.2019 yildan kuchga kirdi.  

 

Anvar Irkaхodjayev.