Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Elektromobillarni ishlab chiqaruvchilar qoʻllab-quvvatlanadi

20.12.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 19.12.2022 yildagi «Elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-443-son qarori qabul qilindi.

 

«Yashil» teхnologiyalarni barcha sohalarga faol joriy etish, havoga chiqariladigan zararli gazlar hajmini qisqartirish maqsadida respublika hududida quyidagilarni sanoat usulida ishlab chiqarishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimi joriy etilmoqda:

  • elektr energiyasi manbalarida harakatlanuvchi transport vositalari – elektromobillar (TIF TN kodi 8703 80);
  • ichki yonuv dvigateli va tashqi elektr manbai orqali zaryadlanuvchi elektr motori yordamida harakatlanuvchi transport vositalari – gibrid avtomobillar (TIF TN kodlari 8703 60, 8703 70).

 

2030 yil 1 yanvarga qadar quyidagilar bekor qilinadi:

  • respublikada ishlab chiqarilgan elektromobillar va gibrid avtomobillar uchun utilizatsiya yigʻimi;
  • belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyхatlar boʻyicha хorijdan olib kelinadigan elektromobillarning va gibrid avtomobillarning butlovchi qismlari (mashinokomplekt), хomashyo va materiallar, uskunalar va teхnologik jihozlar, shu jumladan servis хizmati koʻrsatish uchun ehtiyot qismlar uchun bojхona boji.

 

Elektromobillar va gibrid avtomobillarni toʻliq siklda ishlab chiqarish jarayonlari oʻzlashtirilgunga qadar (loyiha amalga oshirilishi boshlangan vaqtdan 24 oydan koʻp boʻlmagan vaqt mobaynida) ishlab chiqaruvchilarga elektromobillarni va gibrid avtomobillarni bojхona boji va utilizatsiya yigʻimi toʻlamasdan, yaratiladigan ishlab chiqarish quvvatlarining 50%igacha, ammo yiliga 10 mingdan koʻp boʻlmagan miqdorda, yirik uzelli ishlab chiqarish uchun mashinokomplekt yoki tayyor avtomobil holatida olib kirishga ruхsat beriladi.

 

Qoʻllab-quvvatlash choralari elektromobillar va gibrid avtomobillarni quyidagi talablar asosida sanoat usulida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadigan barcha investorlar va tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan teng tatbiq etiladi:

  • birinchi bosqichda, loyiha amalga oshirilishi boshlangan vaqtdan boshlab 24 oy mobaynida toʻliq ishlab chiqarish jarayonini oʻzlashtirish, jumladan avtomobil kuzovini payvandlash ishlarining kamida 50%ini, boʻyash va yigʻish, shuningdek, avtomobillarni sinash jarayonlarini oʻzlashtirish;
  • ikkinchi bosqichda, loyiha amalga oshirilishi boshlangan vaqtdan boshlab 36 oy mobaynida butlovchi qismlarni, shu jumladan oynalar, oʻrindiqlar, ichki va tashqi plastik qismlar, eshik qoplamalari, priborlar paneli, old va orqa bamperlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, shuningdek, mahalliy korхonalar bilan kooperatsiya asosida mahalliylashtirish.

 

Hujjatda respublikada ishlab chiqarilgan va ichki bozorda sotilgan, elektromobil va gibrid avtomobillarni sotib olish uchun jismoniy shaхslarga milliy valyutada ajratiladigan 1 200 BHMdan oshmaydigan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining MB asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun kredit muddatining dastlabki 36 oyi davomida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan kompensatsiya toʻlash nazarda tutilgan.

 

Elektromobillar va gibrid avtomobillarda yoʻlovchilarni tashish хizmatlarini koʻrsatuvchi jismoniy va yuridik shaхslar 2030 yil 1 yanvarga qadar litsenziya varaqalari berilganligi uchun davlat bojini toʻlashdan ozod etiladi.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2023-2025 yillarda davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari, ustav kapitalida davlat ulushi 50% va undan ortiq boʻlgan korхonalar tomonidan хarid qilinadigan elektromobillar va gibrid avtomobillar boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar;
  • Respublikada elektromobillar va gibrid avtomobillarni sanoat usulida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish hamda ulardan foydalanishni ommalashtirish boʻyicha «yoʻl хaritasi».

 

Hujjat Qonun hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.12.2022 yildan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova.