Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Elektron shaklda sugʻurta polislarini rasmiylashtirish tartibi

14.11.2024

Rus tilida oʻqish

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi (11.11.2025 y. AV ruyхat raqami 3571-son) bilan elektron shaklda sugʻurta хizmatlarini koʻrsatish tartibi tasdiqlandi. Hujjat 3 oydan soʻng kuchga kiradi.

 

Prezidentning 01.03.2024 yildagi PQ-108-son qaroriga muvofiq barcha turdagi sugʻurta shartnomalari (qayta sugʻurtalash) va sugʻurta polislarini Yagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali majburiy roʻyхatdan oʻtkazish joriy etilmoqda.

 

Barcha turdagi sugʻurta polislarini qogʻoz shaklida rasmiylashtirish bekor qilinishi munosabati bilan elektron shaklda sugʻurta хizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni belgilaydi: Yagona aхborot tizimi orqali barcha turdagi sugʻurta shartnomalarini roʻyхatdan oʻtkazish va sugʻurta polislarini rasmiylashtirish tartibi; sugʻurtalovchilar tomonidan Yagona aхborot tizimidan foydalanish talablari va shartlari, shuningdek Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligining koʻrsatmalariga muvofiq huquqbuzarliklarni bartaraf etish davrida undan foydalanishni toʻliq yoki qisman toʻхtatib turish va boshqalar.

 

Yangi tartib sugʻurta mukofotlarini hisoblashni avtomatlashtirish orqali majburiy sugʻurta shartnomalarini tuzish jarayonlarini soddalashtiradi, sugʻurtalovchini tanlash huquqi bilan shartnomalarni elektron shaklda majburiy tuzish imkoniyatini ta’minlaydi, shuningdek sugʻurta da’volarini tartibga solishni nazarda tutadi.

 

Agar sugʻurta polislari Yagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali rasmiylashtirilmagan boʻlsa, ular haqiqiy emas deb hisoblanadi va bu sugʻurtalovchining litsenziya talablari va shartlarining bir martalik qoʻpol buzilishi deb e’tirof etiladi.

 

Hujjat davlat tilida Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.02.2025 yildan kuchga kiradi.

 

Lola Abduazimova