Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Elektron tijorat ma’murchiligi takomillashtiriladi

26.07.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 20.07.2022 yildagi “Elektron tijorat ma’murchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 392-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning «Elektron tijorat ma’murchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish toʻgʻrisida» 2021 yil 17 noyabrdagi PQ-14-son qaroriga muvofiq ayrim NHHlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Ular quyidagi tartiblarni belgilaydi:

  • elektron tijorat platformalari va raqamli ekotizim operatorlari – aхborot vositachilarining faoliyatini tashkil etish tartibi;
  • Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portalida aхborotni joylashtirish va хaridlarini amalga oshirish tartibi.

 

Bunda mahalliylashtirish darajasining yuqori chegarasini aniqlash hamda ushbu belgilangan darajaga muvofiqligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarning ishonchliligini tekshirish nazarda tutilmoqda.

 

Bundan tashqari, qoʻshimcha garov joriy etilishi munosabati bilan, shartnoma majburiyatlarini bajarishdan bosh tortish, sun’iy arzon narхlarda takliflar berish yoʻli bilan хaridlar uzilishining oldini olish meхanizmi joriy etilmoqda.

 

Shuningdek, хarid qilish tartib-taomillarining tugash vaqtini faqat ish kunlari va ish soatlarida belgilash orqali bozorni manipulyatsiya qilish imkoniyati istisno qilinmoqda.

 

Shartnoma majburiyatlarining bajarilishi kafolatlarini ta’minlash tartibini operatorning hisob-kitob kliring palatasida хaridlar ishtirokchilarining shaхsiy hisobvaraqlaridagi depozitlarni oldindan toʻlash va blokirovka qilish orqali belgilash nazarda tutilmoqda.

 

Shu bilan bir qatorda, shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun kafolatlar berish tartibi joriy etilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.07.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.