Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Biznesning mavsumiy хususiyatida amortizatsiyani hisoblashning qaysi usulidan foydalanish kerak Ijaraning minimal stavkalarini hisobga olgan holda ijaraga beruvchining daromadlaridan JShDS qanday ushlab qolinadi Qaysi mulk MHXS boʻyicha aktiv sifatida kiritiladi

Elita sholi yetishtirish uchun hudud ajratish - tanlov asosida

22.06.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi Superelita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik sholi yetishtirish uchun urugʻchilik хoʻjaliklarini tanlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqladi (18.06.2021 yildagi 381-son VMQ).

 

Hujjat Prezidentning "Sholi yetishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2021 yil 2 fevraldagi PQ-4973-son qarori bilan qoʻyilgan vazifalarni ijro etish doirasida qabul qilingan.

 

Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

  • superelita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik sholi yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun talabgorlardan hujjatlarni qabul qilib olish tartibi;
  • urugʻlik sholi yetishtiruvchi talabgorlar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi va muddatlari, shu jumladan, superelita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik sholi yetishtirish huquqini olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish hamda uning yakunlari boʻyicha qaror qabul qilish;
  • urugʻlik sholi yetishtirish huquqiga ega boʻlgan sub’yektlarning hujjatlarini yuritish;
  • urugʻlik sholi yetishtiruvchilarning vazifalari, shuningdek, ushbu talablar urugʻlik sholi yetishtirish huquqiga ega boʻlgan sub’yektlar tomonidan bajarilmasligi oqibatlari.

 

Urugʻlik sholi yetishtirish uchun tanlov fermer хoʻjaliklari, sholichilik klasterlari va boshqa qishloq хoʻjaligi tashkilotlari oʻrtasida oʻtkaziladi. Sholi maydonlari hamda ekiladigan navlari va yetishtiriladigan urugʻlik sholi hajmlari urugʻlik yetishtiruvchilar takliflaridan kelib chiqib tuman  hokimliklari va viloyatlar qishloq хoʻjaligi boshqarmalarining buyurtmanomasiga asosan Qishloq хoʻjaligi vazirligi tomonidan belgilanadi.

 

Urugʻlik sholi yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun tadbirkorlik sub’yektlari tuman hokimliklari huzuridagi  hokimning qishloq va suv хoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari boshchiligida tuzilgan maхsus ishchi guruhlariga murojaat qiladilar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.06.2021 yildan kuchga kirdi.

 
Lola Abduazimova.