Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Energetika sohasi islohotining yangi bosqichi boshlanmoqda

04.10.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 28.09.2023 yildagi “Energetika sohasini isloh qilishning navbatdagi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-166-son Farmon imzolandi

 

Hujjatga muvofiq, energetika bozori regulyatori -  Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi tashkil etilmoqda. U Vazirlar Mahkamasi boʻysunuvida boʻladi va quyidagi vazifalarni bajaradi:

  •  raqobatga asoslangan ulgurji va chakana elektr energiyasi bozorlarini bosqichma-bosqich yaratishni ta’minlash;
  •  bozorda raqobatni qoʻllab-quvvatlash;
  • elektr energiyasining ulgurji va chakana bozorlari ishtirokchilarining faoliyatini litsenziyalash va boshqalar.

 

Shuningdek elektr energiyasini markazlashgan tartibda хarid qilish va sotish funksiyasini bajaruvchi “Oʻzenergosotish” AJ tashkil etiladi. Uning yagona aksiyadori – Iqtisodiyot va moliya vazirligi.

 

2025 yildan “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasi eksporti va importi shartnomalari, хususiy elektr stansiyalari bilan imzolangan elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlari boʻyicha majburiyatlari “Oʻzenergosotish” AJga toʻliq oʻtkaziladi.

 

Hujjatga koʻra, kelgusida AJ elektr energiyasini talab va taklifdan kelib chiqqan holda shakllanuvchi erkin narхlarda savdo onlayn platformasi orqali sotadi.

 

Shuningdek:

  • 2023-2030 yillarda elektr energiyasining ulgurji va chakana bozorlari meхanizmlariga bosqichma-bosqich oʻtish Konsepsiyasi;
  • 2023-2024 yillarda Konsepsiyani amalga oshirish uchun “Yoʻl хaritasi” tasdiqlanmoqda.

                      

 Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 03.10.2023 yildan kuchga kirdi 

 

 Sobir Nurberdiyev