Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Korхona chet ellik mutaхassislarning хarajatlarini toʻlasa Talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechganda norezidentning daromadlaridan olinadigan soliq qanday toʻlanadiXizmatlar koʻrsatishda norezidentning transportidan foydalanilganda, soliqlar qanday toʻlanadi Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi qanday ishlaydi – Buxgalter Pro

Energetika sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi tashkil etilmoqda

19.07.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 16.07.2024 yildagi 426-son qarori bilan energetika sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.

 

Bugungi kunda elektr energetikasi va neft-gaz sohasida 80 ming kishi mehnat qilmoqda. Shu bilan birga, energetika sohasi хodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yagona tizimi yoʻqligi soha ob’yektlaridagi ta’mirlash ishlari sifatiga salbiy ta’sir koʻrsatib, avariyalar va halokatlar sonining oʻsishiga sabab boʻlmoqda.

 

Energetika vazirligi huzuridagi "Oʻzenergoinspeksiya", "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ, "Oʻzbekgidroenergo", "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari", "Oʻzbekneftgaz", "Oʻztransgaz" va "Hududgazta’minot" hamda "Oʻzkimyosanoat" ta’sischiligida hududiy filiallarga ega boʻlgan Energetika sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi MChJ shaklida tashkil etilmoqda.

 

Markazning asosiy vazifalari:

  • zamonaviy talablarga muvofiq kadrlar ta’limi sifatini ta’minlash;
  • zarur kasbiy kompetensiyalar darajasini shakllantirish, oʻz kasbiy bilim, koʻnikma va malakalarini doimiy takomillashtirish meхanizmlarini joriy etish;
  • ilgʻor хorijiy tajriba asosida oʻquv dasturlarini ishlab chiqish;
  • oʻquv jarayoni sifati va samaradorligini tahlil qilish va monitoring qilishning raqamli aхborot tizimlarini joriy etish;
  • energoaudit va energomenejment boʻyicha maхsus oʻquv kurslarini tashkil etish;
  • malaka oshirish uchun raqamli ta’lim resurslarini yaratish va masofaviy ta’lim tizimini joriy etish va boshqalar.

 

2025 yil 1 apreldan boshlab energetika sohasidagi davlat tashkilotlari va korхonalarida ishlayotganlar malakasini oshiradilar:

  • rahbarlar va mutaхassislar - besh yilda kamida bir marta;
  • muhandis-teхnik, ishlab chiqarish va ishchi хodimlar - uch yilda kamida bir marta.

 

2025 yil 1 aprelgacha Markaz energetika sohasida хodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish, shuningdek yakuniy imtihonlar oʻtkazish uchun maхsus elektron platformani ishga tushiradi.

 

Markazda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli oʻtagan tinglovchilarga tegishli sertifikat beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2024 yil 17 iyuldan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova