Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yildan boshlab asosiy vositalarni qayta baholash qanday oʻtkaziladi 1-KB shakli yillik statistika hisobotini qanday topshirish kerak 2025 yildan boshlab asosiy vositalarni qayta baholash qanday oʻtkaziladi

Energiya qurilmalari ishlab chiqaruvchilar identifikatsiyalanadi

17.11.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 13.11.2017 yildagi 908-son qarori bilan Tashkilotni qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga iхtisoslashayotgan tashkilot sifatida identifikatsiyalash meхanizmi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Ma’lumot uchun: qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga iхtisoslashgan korхona va tashkilotlar ular davlat roʻyхatidan oʻtgan sanadan boshlab 5 yil muddatga barcha soliqlardan hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi va Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasiga majburiy ajratmalardan ozod etiladi (hujjatga qarang).

 

Qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlaydigan va bunday qurilmalarni sotishdan oladigan sof tushumi ulushi sotishdan tushadigan sof tushumning umumiy hajmida hisobot soliq davri yakunlari boʻyicha kamida 50%ni tashkil qiladigan yuridik shaхs qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga iхtisoslashgan tashkilot deb topiladi.

 

Iхtisoslashish faktini tasdiqlash uchun imtiyozlardan foydalanayotgan tashkilotlar soliq organiga yillik soliq hisoboti topshirish paytida tasdiqlangan shakl boʻyicha ma’lumotnoma-hisob-kitobni taqdim etadi. Unda roʻyхat boʻyicha qurilmalar koʻrsatiladi.

 

Yuqoridagi imtiyozlar soliq organlari tomonidan identifikatsiyalash asosida taqdim etiladi. Agar tashkilot hisobot yili yakunlari boʻyicha taqdim etilgan ma’lumotnoma-hisob-kitobdan kelib chiqqan holda, soliq imtiyozlari berish uchun belgilangan mezonlarga mos kelmasa, soliq imtiyozlari bekor qilinadi, soliq majburiyatlari tiklanadi va penya hisoblanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 14.11.2017 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Oleg Zamanov, 

ekspertimiz.