Vazirlar Mahkamasining 24.05.2016 yildagi 175-son Qarori bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritildi.
Endi yoqilgʻi-energetika resurslari (YoER) iste’molchilarini energetika tekshiruvidan va ekspertizadan oʻtkazish qoidalari (7.08.2006 yildagi 164-son VMQ bilan tasdiqlangan) boʻyicha 2 ming tonnadan ortiq (ilgari – 6 ming tonnadan ortiq) shartli yoqilgʻi iste’molchilari majburiy energetika tekshiruvlaridan oʻtkaziladi. Yoqilgʻi-energetika resurslarining yillik iste’moli 2 ming tonnadan ortiq shartli yoqilgʻi iste’molchilarining energetika tekshiruvi YoER iste’molchilarining murojaatiga koʻra yoki yoqilgʻi-energetika resursi noratsional foydalanilganda davlat nazorati organlarining qaroriga koʻra oʻtkaziladi.
Iqtisodiyot tarmoqlarida gazdan foydalanish qoidalariga (24.06.2014 yildagi 169-son VMQ bilan tasdiqlangan) ham shunday oʻzgartirishlar kiritildi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz
Yelena YeRMOXINA
tayyorladi.