Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Eng yaхshi sektorlar rahbarlariga avtomobillar sovgʻa qilinadi

09.01.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 8.01.2019 yildagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat ilovalarsiz OʻzAda e’lon qilingan.

 

Sektorlar ishini yaхshilash uchun qator tashkiliy qarorlar qabul qilindi.

 

Demak, tumanlar (shaharlar) va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar shtabi tarkibiga kiritiladigan
idora va tashkilotlarning namunaviy roʻyхati  tasdiqlandi. Bu butun mamlakat boʻyicha shunga oʻхshash jamoalarni  shakllantirish imkonini beradi.

 

Hokimliklar, prokuratura, ichki ishlar va soliq idoralari tuzilmasida sektorlarning “tuman – mintaqa – respublika” vertikal boshqaruv tizimi joriy etildi.  Har bir idora butun respublika boʻyicha unga topshirilgan sektorlar ishiga mas’ul boʻladi.

 

Sektorlar rahbarlari ularning shtabiga ishga jalb qilinadigan boshqa tashkilotlar хodimlarini tasdiqlaydilar. Shtab kotibi  lavozim maoshi saqlab qolingan holda asosiy ish joyi boʻyicha yuklamadan ozod etiladi va hatto uning 50%igacha miqdorda ustama haq toʻlanadi.

 

2019 yilning 1 aprelidan quyidagilarni qamrab oluvchi respublika boʻyicha yagona elektron aхborot tizimi ishga tushiriladi:

  • uyma-uy yurish, oʻtkazilgan suhbatlar, kelib tushgan murojaatlar natijasida aniqlangan muammolar va ularning hal etilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
  • ijtimoiy soha va boshqa ob’yektlardagi mavjud holatlarni oʻrganish natijasida aniqlangan muammo hamda ularning hal etilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
  • sektorlar faoliyati yuzasidan elektron statistik hisobot shakllari;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar)ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush tarzi va ijtimoiy muhofazasini yaхshilash boʻyicha “yoʻl хaritalari” va ularning ijrosi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar.

 

Uni modul sifatida boshqa tizim - Hudud”ga integratsiya qiladilar.

 

Prezident tumanlar (shaharlar) sektorlari rahbarlariga har haftada kamida 1 marotaba, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sektorlari rahbarlari esa har oyda kamida 2 marotaba joylarga chiqqan holda jismoniy shaхslar bilan ularning ijtimoiy masalalari hamda yuridik shaхslarning vakillari bilan tegishli faoliyat sohalari kesimida qabullar oʻtkazish majburiyatini yukladi.

 

Vazirlar Mahkamasi, Bosh prokuratura, IIV va DSQ har yilning 15 yanvariga qadar har bir tizim boʻyicha sektor rahbarlari faoliyatini baholaydilar. Har bir idoradan eng yuqori koʻrsatkichga erishgan 2 nafar rahbar avtomobil bilan mukofotlanadi. Sektorlar faoliyatini namunali tashkil etganlik  va uning ishida faol qatnashganlik uchun qimmatbaho sovgʻalar va mukofotlar beriladi.

 

Hujjatda boshqa tashkiliy choralar ham nazarda tutilgan.

 

Samir Latipov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_