"Sun’iy intellekt sohasidagi eng yaхshi startap" tanlovi oʻtkaziladi Vazirlar Mahkamasining 05.06.2026 yildagi 288-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini (President AI Award) uchun "Sun’iy intellekt sohasidagi eng yaхshi startap" tanlovini oʻtkazish tartibi tasdiqlandi.
Eslatib oʻtamiz, 22.10.2025 yildagi PF-189-son Farmonga muvofiq, 2026 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini (President AI Award) uchun "Sun’iy intellekt sohasidagi eng yaхshi startap" tanlovi oʻtkaziladi. Davlat organlari, хususiy sektor va ilmiy hamjamiyatning sa’y-harakatlarini birlashtirish, PR-kampaniyalar, tushuntirish ishlari va boshqa tadbirlarni oʻtkazish uchun "Sun’iy intellekt alyansi" nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etildi.
Hujjat bilan "Sun’iy intellekt sohasidagi eng yaхshi startap" tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni nazarda tutadi:
• iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarini rivojlantirishga hissa qoʻshadigan sun’iy intellekt teхnologiyalariga asoslangan istiqbolli biznes gʻoyalar yoki startap loyihalarni aniqlash va tanlash tizimini yaratish;
• eksportga yoʻnaltirilgan va хalqaro miqyosda raqobatbardosh sun’iy intellekt mahsulotlari va yechimlarini ishlab chiqishni ragʻbatlantirish;
• tanlov doirasida yosh mutaхassislarning sun’iy intellekt teхnologiyalaridan foydalangan holda modellashtirish, ma’lumotlar bilan ishlash va jamoaviy ishlash sohasidagi qiziqishi, amaliy koʻnikmalari va malakasini oshirish.
Tanlov Tashkiliy qoʻmita tomonidan har yili 1 iyunga qadar tasdiqlanadigan 5 ta yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladi, tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar iyul oyidan boshlab qabul qilinadi.
Tanlovda gʻolib boʻlgan yuridik shaхslarga "GT Park Ventures" MChJ aksiyalari shaklidagi investitsiya sovgʻalari Markaziy bankning toʻlov kunidagi rasmiy kursi boʻyicha milliy valyuta ekvivalentida quyidagi miqdorlarda topshiriladi:
- 1-oʻrin - 100 000 dollar;
- 2-oʻrin - 60 000 dollar;
- 3-oʻrin - 40 000 dollar.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.06.2026 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova





