Vazirlar Mahkamasining 30.05.2023 yildagi 222-son qarori bilan Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomda quyidagi tartiblar nazarda tutilgan:
- qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining ep fondi toifasini oʻzgartirish boʻyicha takliflarni tayyorlash hamda yer uchastkasining yer tuzish loyihasini ishlab chiqish tartibi;
- qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifasini oʻzgartirish boʻyicha takliflarni oʻrganish tartibi;
- yer fondi toifasini oʻzgartirish boʻyicha takliflarni rad etish va ishchi organ хulosalarini tayyorlash tartibi. Tuman (shahar) hokimliklari taklifi ishchi organ tomonidan quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
- unumdor sugʻoriladigan yerlar alohida qimmatga ega boʻlsa va tuproq unumdorligi tumanning oʻrtacha ball bonitetidan yuqori boʻlsa;
- oʻrmon fondining yerlari oʻrmon bilan qoplangan boʻlsa;
- yerlar foydalanish uchun berilgan va tuman hokimligi zaхirasiga olinmagan boʻlsa;
- ep fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan ishchi organ хulosalarini koʻrib chiqish va qaror qabul qilish.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.05.2023 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova.