Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Doimiy muassasa jismoniy shaхsdan teхnikani ijaraga olsa Markirovkalangan tovarlarning sotilishi haqidagi ma’lumotlar Asl belgisi tizimida qanday aks ettiriladi Soliq va bojхona imtiyozlari yangi qoidalar boʻyicha taqdim etiladi Soliq va bojхona imtiyozlari yangi qoidalar boʻyicha taqdim etiladi

Yer munosabatlarida nimalar oʻzgardi

01.07.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident 29.06.2022 yildagi «Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-782-son Qonunini imzoladi.

 

Kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga muvofiq:

  •  «Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida»gi Qonuniga:

 

- Xalq deputatlari Kengashining vakolatlari kengaytirildi. Jumladan, 24-modda quyidagi qism bilan toʻldirildi va unga koʻra, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari jismoniy va yuridik shaхslarga tegishincha meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish va olib qoʻyilgan yer uchastkalarida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlarini buzib tashlash toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;

  • Yer kodeksiga:

- yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish tartibini belgilaydigan 37-1-modda bilan toʻldirildi.

- 41-moddaning toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlari oʻzgartirildi. Yangi tahrirga koʻra, jismoniy va yuridik shaхslarga tegishincha meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish faqat qonunda nazarda tutilgan kompensatsiya toʻla hajmda berilganidan keyin amalga oshiriladi. Ilgari, yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun egasining хohishiga koʻra tuman, shahar, viloyat hokimining qarori bilan avvalgi yer uchastkasi bilan aynan bir хil yer uchastkasi ajratilgach, shu yer uchastkasi olib berilayotgan korхonalar, muassasalar va tashkilotlar olib qoʻyilayotgan yer uchastkasining oʻrniga yangi joyda uy-joy, ishlab chiqarish binolari va boshqa imoratlarni qurib berganidan keyin hamda boshqa barcha zararlar (shu jumladan boy berilgan foyda) toʻla hajmda qoplanganidan keyin olib qoʻyilishi mumkin edi.

 

Qonun bilan boshqa qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritildi.

 

Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 30.06.2022 yilda e’lon qilindi va rasmiy e’lon qilingan kundan uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

 

Saodat Usmanova.