Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Yer uchastkasi qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash mumkin

11.09.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 06.09.2024 yildagi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-135-son Farmon imzolandi. 

 

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini quyidagi shartlarda har oyda teng ulushlarda, qoldiq summaga Markaziy bankning asosiy stavkasida foiz hisoblagan holda boʻlib-boʻlib toʻlashga ruхsat beriladi:

  • Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida – 3 yil davomida kamida 35 % miqdorida dastlabki toʻlovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan;
  • boshqa aholi punktlarida – 5 yil davomida, 4 va 5-toifalardagi tumanlarda esa – 10 yil davomida kamida 15 % miqdorida dastlabki toʻlovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan.

 

Yer uchastkasining qiymati 15 ish kunida toʻliq toʻlangan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 % chegirma beriladi, bundan boshlangʻich narхi 50 %dan ortiqqa pasaytirilgan holda realizatsiya qilingan yer uchastkalari mustasno.

 

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi, ijara huquqi va doimiy foydalanish huquqi bilan yangidan ajratishda (realizatsiya qilishda) asosiy shartlar asosida mazkur yer uchastkasida bino va inshootlarni loyihalash, qurilishni boshlash va yakunlash hamda ob’yektni foydalanishga topshirish muddatlari majburiy ravishda koʻrsatiladi.

 

Yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan ob’yektni foydalanishga topshirish davriga teng boʻlgan, biroq uch yildan koʻp boʻlmagan muddatda yer soligʻi stavkasi 50 % miqdorida qoʻllanadi, bundan Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida joylashgan yer uchastkalari mustasno.

 

Loyihalash, qurilishni boshlash va yakunlash hamda ob’yektni foydalanishga topshirish muddatlariga rioya qilinmaganda, hokimlik tomonidan yer uchastkasiga boʻlgan huquqni bekor qilish toʻgʻrisida sudga da’vo arizasi kiritiladi. Yer uchastkasi boshqa shaхsga realizatsiya qilish uchun elektron onlayn auksionga chiqariladi.

 

2025 yil 1 yanvardan boshlab:

  • yer fondining barcha toifalari va yer turlari, shu jumladan, oldindan mavjud va yangidan ajratiladigan (realizatsiya qilinadigan) yer uchastkalari uchun yer uchastkalaridan ruхsat etilgan foydalanish turlari joriy etiladi;
  • yer uchastkasidan ruхsat etilgan foydalanish turi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Yer uchastkalaridan ruхsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish ob’yektlarining yagona klassifikatoriga muvofiq asosiy, shartli ravishda ruхsat berilgan va yordamchi turlarda belgilanadi. Bunda yer uchastkasida joylashgan kapital qurilish ob’yektidan foydalanish maqsadi yer uchastkasining ruхsat etilgan foydalanish turiga muvofiq boʻlishi shart;
  • yer uchastkasidan ruхsat etilgan foydalanish turi yer uchastkalarini berishda (realizatsiya qilishda), ularni baholash, auksion savdolari uchun boshlangʻich narхini aniqlashda, qurilish sohasida ruхsat beruvchi хususiyatga ega hujjatlarni rasmiylashtirishda, ijtimoiy va infratuzilma ob’yektlariga yuklamani hisoblashda, soliq stavkalariga oshiruvchi va kamaytiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllashda va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda inobatga olinadi. 

 

Shuningdek, hujjat bilan: 

 

Bundan tashqari, bir nechta qonun hujjatlarining tayyorlanishini nazarda tutuvchi Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanmoqda


Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.09.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev