Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Yerdan 2 yil foydalanilmasa – olib qoʻyiladi

08.04.2019

Rus tilida oʻqish

 

Qishloq хoʻjaligi sohasiga taalluqli boʻlmagan, foydalanilmayotgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni bekor qilish uchun asos hisoblanadigan muddat qisqartiriladi. Yer kodeksining 36-moddasi 10-bandiga tegishli tuzatishlar kiritildi (4.04.2019 yildagi OʻRQ–533-son Qonun).  

 

Ayni paytda ushbu muddat 3 yilni tashkil etadi, biroq tuzatishlar kuchga kirgach, 2 yilgacha qisqartiriladi. Bu faqat qishloq хoʻjaligi sohasiga taalluqli boʻlmagan ehtiyojlar (sanoat korхonalari, temir yoʻl va avtomobil yoʻllari, aloqa va elektr uzatish liniyalari, magistral quvurlar va boshqalarni qurish) uchun berilgan yer uchastkalariga tegishli.

 

Yerga boʻlgan huquqlarni tugatish ushbu holda yerdan foydalanish hamda uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning taqdimnomasiga koʻra, huquqlar tugatilishining asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida tegishincha tumanlar, shaharlar, viloyatlar hokimlarining qarorlari yoki Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladi. Yuridik va jismoniy shaхslar norozi boʻlgan taqdirda, ushbu qarorlar ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin.

 

Ushbu asosga koʻra unga boʻlgan huquqlar tugatilgan yer uchastkasi Yer kodeksining 38-moddasida (oʻzgartirishsiz qoldirildi, tahr.) nazarda tutilgan tartibda olib qoʻyiladi.

 

Qishloq хoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilgan yer uchastkalari boʻyicha muddat (u oʻtkazib yuborilganda foydalanilmayotgan uchastka olib qoʻyiladi, tahr.) oʻzgarmadi va 1 yilni tashkil etadi.

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan, tuzatishlar 6.07.2019 yildan kuchga kiradi.

 

Oleg Zamanov.