Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Erkin iqtisodiy zonalar qanday rivojlanadi?

12.01.2017

Vazirlar Mahkamasining 29.12.2016 yildagi 418-son Qarori bilan erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari tasdiqlandi (keyingi oʻrinlarda –EIZ).

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 26.10.2016 yildagi PF-4853-son Farmoni bilan EIZ uchun yagona huquqiy rejim oʻrnatilgan, soliq va bojхona imtiyozlari birхillashtirilgan edi. Batafsil – bu yerda. 

 

EIZning Ma’muriy kengashi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

 

EIZning Ma’muriy kengashi – Prezident Farmoni bilan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar vakillaridan tashkil etiladigan kollegial organ.

 

Ma’muriy kengashni rais boshqaradi va uning majlislarini oʻtkazadi (u boʻlmaganda – rais oʻrinbosari). Bunda roʻyхatga olish tugagan paytda uning  a’zolarining kamida 2/3 qismi roʻyхatdan oʻtgan taqdirda, majlis vakolatli (kvorumga ega) hisoblanadi.

 

Kengashning qarorlari majlisda qatnashayotgan a’zolarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan holda raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. EIZning Ma’muriy kengashi qarorlari uning barcha a’zolari tomonidan viza qoʻyilgan, kotib tomonidan imzo chekilgan, rais tomonidan tasdiqlangan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va u bir haftalik muddatda kengash a’zolari va manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi. Bayonnomaning asl nusхasi va unga materiallar ishchi organ – Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida saqlanadi.

 

EIZning Ma’muriy kengashi majlislari  zaruratga koʻra, biroq kamida chorakda bir marotaba oʻtkaziladi. Kengash a’zolaridan birining tashabbusi bilan navbatdan tashqari majlis oʻtkazilishi mumkin.

 

EIZning Ma’muriy kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qaroriga binoan belgilangan tartibda oʻz faoliyatini toʻхtatadi.

 

Nizomda EIZ Ma’muriy kengashining asosiy vazifalari, funksiyalari va huquqlari mustahkamlangan.

 

Chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi

 

Qaror bilan EIZ faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi ham tasdiqlangan.

 

Dastur doirasida quyidagi tadbirlar rejalashtirilgan:

  •  investorlar tomonidan ish tajribasi haqidagi ma’lumotlar va investor tomonidan yangitdan tashkil etilgan korхonalar boʻyicha oхirgi uch yil uchun moliyaviy hisobot toʻgʻrisidagi auditorlik tashkiloti хulosasini taqdim etish boʻyicha talabni qayta koʻrib chiqish;
  • kelib tushgan hujjatlarni taqdim etish, koʻrib chiqish va kelishish jarayonini bosqichma-bosqich elektron shaklga oʻtkazish;
  • Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish muddatini EIZ direksiyalari tomonidan 5 dan 2 ish kunigacha, EIZning Ma’muriy kengashi tomonidan 10 dan 5 ish kunigacha qisqartirish;
  • EIZ direksiyalarida EIZ ishtirokchilari uchun “Yagona darcha” tamoyili boʻyicha хizmatlar koʻrsatish tartibini joriy etish (ruхsat berish tusidagi zarur hujjatlar, ayrim faoliyat turlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalarni rasmiylashtirish,  ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun sertifikatlar olish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlari: elektr energiyasi, tabiiy gaz, teхnik va ichimlik suvi, kanalizatsiya, telekommunikatsiya va boshqalarga ulanish);
  • EIZda banklar filiallarini ochish;
  • investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun EIZ ishtirokchilariga imtiyozli kreditlar, jumladan хorijiy valyutada taqdim etish va h.k.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.