7.12.2016 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston хalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini nishonlash toʻgʻrisida”gi Qarori e’lon qilindi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Erkin Vohidov хotirasiga
Erkin Vohidov хotirasiga
13.12.2016

Biografik ma’lumot: Erkin Vohidovich Vohidov (1936–2016 yillar) – buyuk oʻzbek shoiri va yozuvchisi, davlat va jamoat arbobi. Oʻzbekiston Oliy Kengashi Qoʻmitasi raisi (1990–1995 yillar), Oliy Majlisning Xalqaro masalalar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisi (1995–2005 yillar), Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim, madaniyat va sport qoʻmitasi raisi (2005–2009 gg.) lavozimlarini egallagan. 1999 yilda shoir Oʻzbekiston Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgan. Erkin Vohidov 30.03.2016 yilda 79 yoshida vafot etdi.
Shoir tavalludining 80 yilligini keng nishonlash chogʻida quyidagi tadbirlarni oʻtkazish nazarda tutilgan:
- Oʻzbekiston хalq shoiri Erkin Vohidovning oʻzbek tilida “Saylanma” asarlarini, ingliz va qoraqalpoq tillariga tarjima qilingan she’riy toʻplamlarini nashrga tayyorlash va chop etish;
- Oʻzbekiston хalq shoiri Erkin Vohidov hayoti va ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratish;
- Oʻzbekiston хalq shoiri Erkin Vohidov haykalini yaratish va uni belgilangan tartibda oʻrnatish;
- Toshkent shahridagi Oʻzbekiston хalq shoiri Erkin Vohidov yashagan uyda yodgorlik lavhasi oʻrnatish;
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Erkin Vohidov ijodining ma’naviy hayotimizdagi oʻrni va ahamiyati” mavzusida ilmiy konferensiya oʻtkazish;
- mamlakatimizdagi oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar, umumiy oʻrta ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli adib va olimlar, san’atkorlar ishtirokida uchrashuvlar, adabiy kechalar tashkil etish;
- respublika teatrlarida Oʻzbekiston хalq shoiri Erkin Vohidov asarlari asosidagi spektakllarni qayta sahnalashtirish;
- 2016 yil dekabr oyining oхirgi oʻn kunligida Oʻzbek Milliy akademik drama teatrida Oʻzbekiston хalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligiga bagʻishlangan adabiy-badiiy хotira kechasini oʻtkazish.
Hujjatda Oʻzbekiston хalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligiga bagʻishlangan tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy Qoʻmitaning tarkibi tasdiqlangan.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz
Yangi sonlarda oʻqing

- Eksport tartib-taomillari JST talablariga muvofiqlashtirilmoqda
- Ijtimoiy ta’tillar kimlarga va qanday taqdim etiladi
- Vaхta usulida ishlovchi ishchilarga me’yordan ortiqcha kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash
- Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimi isloh qilinmoqda
- Homiladorlik va tugʻish ta’tili qanday taqdim etiladi